Muhammad al-'Arabiy at-Tabboniy (; 1897–1970), Abuhomid ibn Marzuq nomi bilan ham tanilgan () Jazoirlik molikiy faqih, ashʼariy ilohiyotchi, muhaddis, tarixchi (muarrix) va nasabshunos (nassaba) boʻlib, oʻz davrida Makkadagi Masjidi Ulugʻi imomi boʻlgan.

U oʻz davrining eng koʻzga koʻringan muhaddislaridan biri sanaladi. Shuningdek, uning vahhobiylik/salafiylikka tanqid tarzida yozilgan „Baroat al-ash’ariyyin min 'Aqoid al-Muxalifin“ () kitobi hma mashhur.

Uning „at-Tabboniy“ taxallusi Ouled Tebben shahri va kommunasi nomidan olingan.

Tugʻilishi At-Tabboniy hijriy 1315 (milodiy 1897)-yilda Ras El-Oudda tugʻilgan.

Nasabi Uning nasl-nasabi Abdusalom ibn Mashishga (vaf. 625/1228) borib taqaladi.

Oʻqituvchilari U koʻplab olimlardan tahsil olgan, jumladan:

Abdulhamid ibn Badis Yusuf al-Nabhani Muhammad Baxit al-Mutiiy Muhammad ibn Jaʼfar al-Kattaniy Muhammad al-Makkiy ibn Azuz Hamdan ibn Ahmad al-Vaniysiy Ahmad ibn al-Hayyat az-Zakariy. Mushtaq Ahmad al-Hind.

Talabalari Uning mashhur shogirdlari orasida quyidagilar bor:

Alaviy ibn Abbos al-Molikiy va uning oʻgʻli Muhammad Alaviy al-Molikiy Abdulloh al-Haroriy Muhammad Nur Saif Hasan al-Mashshat Abdulloh b. Said al-Lahjiy Muhammad Amin Kutbiy Abdulqodir b. Ahmad al-Jazoiriy

Ishlari Uning kitoblari quyidagilardir:

Baroat al-Ash’ariyyin min 'Aqoid al-Muxalifin (). Bu kitobida u Ibn Taymiyya (vaf. 728/1328) va shogirdlarii Ibn al-Qayyim (vaf. 751/1350), Muhammad ibn Abdulvahhob (vaf. 1207/1792) va uning izdoshlari targʻib qilgan aqidaviy qarashlarni tanqid qilgan. At-Taʼaqqub al-Mufid 'ala Hadyy az-Zar’i ash-Shadid (). Bu kitobida u Ibn al-Qayyimning „Zod al-maod“ kitobini tanqid qilgan. Tahzir al-'Abqori min Muhadarat al-Xudari (). U bu kitobida misrlik huquqshunos olim Muhammad al-Xudariyni (vafoti 1345/1927) tanqid qilgan.

Vafoti Muhammad al-Arabiy hijriy 1390 (milodiy 1970)-yilda Makkada vafot etgan va Jannatul-Mualla qabristonida, Asmo binti Abu Bakr (vaf. 73/692) qabri yoniga dafn etilgan.

Yana qarang Sulaymon ibn Abdulvahhob Ahmad Zayni Dahlan Muhammad Zohid al-Kavsariy Abdulloh al-Gumariy Xalil Ahmad Saharanpuriy Muhammad Obid as-Sindi Muhammad Said Ramazon al-Buti Ali Gum’a Ahmad Karima Said Fuda

Manbalar

Havolalar

Muhammad al-'Arabiy at-Tabboniyning Goodreads sahifasi

Turkum:1970-yilda vafot etganlar Turkum:1897-yilda tugʻilganlar Turkum:Sunniy imomlar Turkum:Arab tarixchilari Turkum:Al-Masjid al-Harom imomlari Turkum:1315-yilda tugʻilganlar Turkum:1390-yilda vafot etganlar