Avaz Musurmonqulovich Berdiqulov (Аваз Мусурмонқулович Бердиқулов, 1979-yil 16-sentyabr, Toshkent) – oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi va jurnalist.
Hayoti 1999-yilda Oʻzbekiston milliy universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetini bitirgan.
2001-yilda Buyuk Britaniyaning Bornmut universiteti magistraturasini multimedia jurnalistikasi sohasida tamomlagan.
Xitoyning Pekin chet tillar universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya fakulteti doktoranti.
„Sport“ gazetasida muharrir, keyinchalik "Sport" telekanalida sharhlovchi boʻlgan.
2001—2004 va 2006—2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining „Jahon“ axborot agentligida mutaxassis, keyinchalik boʻlim boshligʻi boʻlgan.
2004—2006-yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyatida ishlagan.
2008-yildan buyon Osiyo Futbol Konfederatsiyasida faoliyatini boshlagan. Hozirda musobaqalarni oʻtkazish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Manbalar
Turkum:Sport sharhlovchilari Turkum:Oʻzbekistonlik sport jurnalistlar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari