Usmon Zinnurayn jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida joylashgan. Masjid 1991-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan. 1998-yil 7-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 500 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2016-yilda qayta taʼmirlangan.

Manbalar

Turkum:Sirdaryo viloyatidagi masjidlar