thumb| Qohiraning Sulton Hasan masjididagi dikka thumb| Turkiyaning Edirne shahri Selimiye masjididagi muazzin mahfili Dikka yoki dakka (), turkchada muazzin mahfili sifatida ham tanilgan, – masjiddagi Qurʼon tilovat qilinadigan va muazzin imomning duolari oʻqladigan yoki takrorlaydigan baland minbar. Bundan tashqari, muazzin ikkinchi azonni (iqoma) aytish uchun ham undan foydalanadi, bu namozxonlarga namoz boshlanishini ishora qiladi. Ramazon oyi kabi maxsus kunlarda yoki oqshomlarda ekspert yoki professional Qur’on qorilari ham dikkadan Qur’on poralarini hatm etish uchun foydalanadilar. Uning Madinadagi Al-masjid an-Nabaviya masjididagi naʼmunasi mukabbariya ( nomi bilan ham tanilgan) deb ataladi.
Bu xususiyat hamma masjidlarda ham uchramaydi, lekin koʻpincha mehrobdan uzoqda boʻlgan namozxonlar imomni eshitish qiyin boʻladigan katta hajmli masjidlarda dikka albatta boʻladiAkin, Gunkut (1995). „The Muezzin Mahfili and Pool of the Selimiye Mosque in Edirne“ . Muqarnas. 12: 63–83. doi:10.2307/1523224. JSTOR 1523224.. U namoz zalining oʻrtasiga yaqin joylashgan mustaqil inshoot sifatida yoki minbar qarshisidagi ustun yoki devorga oʻrnatilgan balkon shaklida boʻlishi mumkin.
Yana qarang Dakka (arxitektura) Manbalar
Turkum:Islom atamalari Turkum:Islom arxitekturasi Turkum:Islom arxitekturasining elementlari Turkum:Masjid arxitekturasi Turkum:Arxitektura elementlari