Xalchaxon (Xolchaxon) Mirzayeva (1947-yil, Kosonsoy tumani, Namangan viloyati, OʻzSSR, SSSR) – Oʻzbekiston Qahramoni. Atoqli oʻzbek fermeri. Mehnat faxriysi. Qishloq xoʻjaligi ilmining taniqli namoyandasi va jamoat arbobi.

„Oʻzbekiston Qahramoni“ oliy unvoni (2007), „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor“ faxriy unvoni (1992) va „Shuhrat“ medali (2002) sohibasi. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi aʼzosi.

Xalchaxon Mirzayeva qishloq xoʻjaligida 40 yildan ortiq mehnat qilgan. Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi sobiq „Moskva“ kolxozida, keyinchalik „Navro‘z“ shirkat xo‘jaligida ishlagan. Oʻzbekistonda fermerlik harakatiga keng yoʻl ochilishi bilan 2001-yilda birinchilardan boʻlib „Xaticha aya“ fermer xoʻjaligiga asos solib, uni hozirga qadar boshqarib kelyapti.

Shuningdek u Xalq deputatlari Toʻraqoʻrgʻon tuman Kengashi deputati, Namangan viloyat Nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli hamdir.

Manbalar

Turkum:1947-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston paxtakorlari Turkum:Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zolari