Sharibboy Ergashev Toʻlanovich (1960-yil 8-mart, Pop tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston) – texnika fanlari nomzodi, professor 2020-yildan hozirga qadar Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori.
Biografiyasi Sharibboy Ergashev 1960-yil 8-martda Namangan viloyatining Pop tumanida tavallud topgan.
Mehnat faoliyati 1982—1985-yillar – Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Namangan filiali assistenti. 1985—1989-yillar – Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti paxtani dastlabki ishlash kafedrasi aspiranti. 1989—1994-yillar – Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti toʻqimachilik mashinalari kafedrasi katta oʻqituvchisi, dekan muovini, dotsent. 1994—1997-yillar – Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha birinchi prorektori. 1997—1998-yillar – Pop tumani hokimligining ijtimoiy masalalari boʻyicha oʻrinbosar. 1998—2000-yillar – Namangan viloyati oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi. 2000—2001-yillar – Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi rivojlantirish instituti dekani. 2001—2004-yillar – Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi direktorining birinchi oʻrinbosari. 2004—2005-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi kadrlar va pedagog xodimlar malkasini oshirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari. 2005—2008-yillar – Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi direktori. 2016—2017-yillar – Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi direktori. 2017—2018-yillar – Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalarini axborot-metodik taʼminlash xizmati boshligʻi. 2019—2020-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi kasb-hunar taʼlimini oʻquv-metodik muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi. 2020-yildan hozirga qadar Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori.
Manbalar
Turkum:Namangan kishilari Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari Turkum:Pop tumanida tugʻilganlar Turkum:Dotsentlar Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:8-martda tugʻilganlar