Essam Kamal Tawfiq El Hadary ( ; 1973-yil 15-yanvar) – misrlik darvozabonlar murabbiyi va sobiq professional futbolchi.
„Yuqori toʻgʻon“ laqabli El Hadari klubdagi faoliyatining eng katta qismini „Al Ahli“ jamoasida oʻtkazdi, u bilan sakkiz marta Misr Premyer-ligasi, toʻrtta Misr kubogi, toʻrtta Misr Superkubogi, uchta CAF Superkubogi, bir Arab klublari chempionlari kubogi va ikkita Arab Superkubogi va toʻrt marta CAF Chempionlar Ligasi unvonlarini qoʻlga kiritgan.
Misr terma jamoasi uchun barcha vaqtlar roʻyxatida eng koʻp oʻyin oʻtkazish boʻyicha uchinchi oʻrinni egallagan. El Hadari 1996 va 2018-yillar oraligʻida oʻz milliy terma jamoasi uchun 159 ta xalqaro oʻyin oʻtkazgan. U toʻrt marta Afrika Millatlar Kubogida gʻalaba qozongan va uch marta turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan. 2018-yilgi Jahon chempionatida 45 yoshu 161 kunligida u jahon chempionati oʻyinida ishtirok etgan tarixdagi eng keksa futbolchiga aylandi.
Nafaqaga chiqqanidan soʻng, u tunislik Etoile Sahel darvozabonlari murabbiyi boʻlishga, shartnoma imzolashga rozi boʻlganidan keyin Jorvan Vieira boshchiligidagi texnik xodimlar tarkibiga kirishga juda yaqin edi, ammo u oxir-oqibat onasining kasalligi sababli chekinishga majbur boʻldi.
Klub faoliyati El Xadari Damiettaning Kafr El Battix shahrida tugʻilgan. Uning otasi hunarmand boʻlib, oʻzining mebel ishlab chiqarish ustaxonasiga ega edi. El Xadari ota-onasidan bexabar futbol oʻynashni boshlagan, ularga bildirmaslik uchun oʻynaganidan keyin mahalliy daryoda loyli kiyimlarini yuvgan. U 17 yoshida Ikkinchi divizion klubi Damietta bilan shartnoma imzolashdan oldin mahalliy futbol jamoasi tomonidan mashgʻulotlarda sinab koʻrilgan. U 1993-yilda 20 yoshida Damietta jamoasi uchun debyutini oʻtkazdi va ikki mavsumdan soʻng Misr chempioni "Al Ahli" klubi bilan shartnoma imzolagan. Qohira klubida 12 yil davomida u sakkizta Misr Premyer-ligasi, toʻrtta Misr kubogi, toʻrtta Misr Superkubogi, toʻrt marta CAF Chempionlar Ligasi, uchta CAF Superkubogi, bir marta Arab klublari chempionlari kubogi va ikki marta Arab Superkubogini qoʻlga kiritdi.
Shveysariyaning „Sion“ klubi 2008-yilning fevral oyida „Al Ahli“ klubining eʼtirozlariga qaramay, El Hadari bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Jahon boshqaruv organi FIFA Sion klubiga kelishuvni yakunlash uchun ruxsat bergunga qadar Al-Ahli klubi tomonidan El Hadari jarimaga tortildi va diskvalifikatsiya qilindi.
2009-yilda Misrga qaytishga qaror qilgan boʻlsa ham, FIFA El Hadaryni jazoladi. Iyul oyida uning diskvalifikatsiyasi Sport arbitraj sudi (CAS) tomonidan toʻxtatilgan boʻlsada, El Xadari Misr Premyer-ligasi vakili Ismoili klubiga koʻchib oʻtgan. 2010-yilda uning toʻrt oylik diskvalifikatsiyasi CAS tomonidan tasdiqlandi va yanvar oyida Shveysariya fuqarolik sudi taqiq va jarimalarni tasdiqladi va qoʻshimcha ravishda FIFAning sud xarajatlarini toʻlashga majbur qildi.
2010-yilning dekabrida, Zamalek SC klubi tarkibidagi qisqa muddatdan soʻng, El Hadary Sudanning Al-Merreyx klubiga oʻtdi. Maosh boʻyicha kelishmovchilik tufayli amaliyotlarni boykot qilganidan soʻng, u Al-Ittihod Iskandariya jamoasiga ijaraga berilgan. Port Saiddagi stadiondagi tartibsizlikdan soʻng 2011/2012-yilgi Misr Premyer-ligasi mavsumi toʻxtatilishiga olib keldi, u yana Sudanga qaytdi.
Al-Merreyx jamoasi bilan shartnomasi tugagach, u Misrga qaytib, 2013-yilda „Vadi Degla“ klubi tarkibiga qoʻshildi. 2014-yilda Ismoili jamoasiga qaytdi va 2015-yilda yana „Vadi Degla“ klbuiga oʻtgan. Bu davr mobaynida u Misr yoki Afrikaning istalgan joyida oʻynagan eng yaxshi futbolchilardan biri sifatida eʼtirof etilishida davom etdi. 2013-yilda u Bleacher Reportning „Barcha zamonlarning 50 ta eng zoʻr afrikalik oʻyinchilari“ roʻyxatiga kiritilib, 6-oʻrinni egalladi.
2017-yilda jamoadoshi bilan janjallashib, El Hadari qisqa muddatga Wadi Degla jamoasidan chetlatildi. Oʻsha yilning iyun oyida u Saudiya Arabistonida oʻynagan birinchi xorijlik darvozabon boʻlish uchun Al-Taawoun klubi bilan shartnoma imzolagan.
2018-yilning 2-iyulida El Hadary oʻz faoliyatida uchinchi marta Ismoiliy klubiga oʻtgani tasdiqlangan.
2019-yil 28-yanvarda El Xadari Nogoom bilan shartnoma imzoladi. Biroq mavsum yakunida quyi ligaga tushib ketganidan keyin u klubni tark etdi.
2020-yilning 18-noyabrida El Hadary murabbiylik faoliyatini boshlash uchun rasman futbolchilikdan nafaqaga chiqqanini eʼlon qilgan.
2023-yilda Héctor Cúper boshchiligidagi Suriya terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi boʻlib ishlamoqda.
Terma jamoadagi faoliyati El Xadari 1996-yildagi debyutidan 2018-yilda nafaqaga chiqqunga qadar jami 159 marta Misr sharafini himoya qilgan. U oʻz mamlakati bilan toʻrt marta Afrika Millatlar Kubogini qoʻlga kiritgan. U vatani Misrda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogi 2006 da, 2008-yilda Ganada boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida va 2010-yilda Angolada boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida eng yaxshi darvozabon sifatida tanlandi.
2013-yil yanvar oyida uning agenti tvitterda El Xadari bir necha oʻyinlar uchun zaxiraga olinganidan soʻng terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani, tarixdagi eng koʻp oʻyin oʻtkazgan 23-oʻyinchi, shuningdek, Afrika Millatlar Kubogida eng koʻp chempionlik unvoniga ega boʻlgan futbolchi ekanligini aytdi. 2014-yilning 5-martida Bosniya Gersegovinaga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, milliy terma jamoaga qaytdi. right|thumb| JCh-2018da saudiyalik Fahad Al-Muvalladning penaltidan tepgan toʻpini El Xadari qaytardi. 2016-yilning 4-iyunida El Xadari 2017-yilgi Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichida Misr terma jamoasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan Tanzaniyaga qarshi 2:0 hisobidagi gʻalabada toʻliq 90 daqiqa oʻynadi. 2017-yilning 17-yanvarida, 44 yoshga toʻlganidan ikki kun oʻtib, u Misr terma jamoasining turnirdagi birinchi oʻyinida Ahmad El-Shenavini, soʻngra 2017-yilning 5-fevralida final oʻyinida oʻrniga maydonga tushganidan soʻng Afrika Millatlar kubogi oʻyinida maydonga tushgan eng keksa futbolchiga aylandi. Kamerunga qarshi turnirda u oʻshanda 44 yoshu 21 kunlik edi. 2017-yilning 1-fevralida Misr terma jamoasi Burkina-Fasoni penaltilar seriyasida 4:3 hisobida magʻlub etib, Afrika Millatlar Kubogi-2017 finaliga yoʻl oldi.
2018-yil iyun oyida, 45 yoshida, u Misrning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritildi. U turnir uchun tanlangan futbolchilar orasida eng keksasi boʻlib, turnirning oldingi sonida kolumbiyalik darvozabon Faryd Mondragon oʻrnatgan rekordni yangiladi. 25-iyun kuni El Hadari Misrning Saudiya Arabistoniga qarshi guruhdagi soʻnggi oʻyinida start oldi va 45 yoshu 161 kunligida jahon chempionatida maydonga tushgan va debyut qilgan eng keksa futbolchi boʻldi va Mondragonning 43 yoshlik rekordini yana bir bor yangiladi. El Xadari oʻyinning birinchi boʻlimida penaltini qaytardi, ammo taymga oz qolganda ikkinchi penaltini oʻtkazib yubordi; uning jamoasi yakunda qoʻshib berilgan vaqtda gol oʻtkazib yuborib, 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan.
2018-yil 7-avgust kuni El Xadari Misr terma jamoasi safida 159 ta xalqaro oʻyinda maydonga tushib, 45 yoshida xalqaro faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. 2019-yil noyabr oyida FIFA Jahon futbol muzeyi turnirning eng keksa futbolchisi va penaltini tepgan birinchi afrikalik darvozabon boʻlgani uchun El Hadarining Jahon kubogi oʻyinidagi qoʻlqoplarini namoyish etdi.
Futbolchilikdan keyingi faoliyati 2021-yil sentabr oyida El Xadari 2022-yilning martigacha Misr terma jamoasi darvozabonlari murabbiyi boʻldi, 2022-yil avgustida Rojerio Mikalening Misr U23 jamoasiga qoʻshildi 2023 yilning fevral oyida u Ektor Kuperning Suriya terma jamoasining murabbiylar shtabiga kirdi.
Faoliyat statistikasi thumb|El Xadari, Misr terma jamoasining 2021-yilgi Afrika Millatlar Kubogi vaqtida darvozabonlar murabbiyi.
Xalqaro Manbalar: +Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar Milliy terma jamoa YilIshtGol Misr 1996 2 0 1997 9 0 1998 4 0 1999 6 0 2000 3 0 2001 6 0 2002 14 0 2003 3 0 2004 6 0 2005 5 0 2006 11 0 2007 9 0 2008 18 0 2009 16 0 2010 11 0 2011 2 0 2012 13 0 2013 1 0 2014 4 0 2015 0 0 2016 4 0 2017 9 0 2018 3 0 Jami 159 0
Yutuqlar Al Ahli
Misr Premyer-ligasi : 1996/1997, 1997/1998, 1998/1999, 1999/2000, 2004/2005, 2005/2006, 2006/2007 Misr kubogi : 2000/2001, 2002/2003, 2005/2006, 2006/2007 Misr Superkubogi : 2003, 2005, 2006, 2007 CAF Chempionlar Ligasi : 2001, 2005, 2006 CAF Superkubogi : 2002, 2006, 2007
Sion
Shveysariya kubogi : 2008/2009...
Al Merreyx
Sudan Premer-ligasi : 2011 Sudan kubogi : 2012
Misr
Afrika Millatlar Kubogi : 1998, 2006, 2008, 2010 Pan Arab oʻyinlari : 2007
Misr harbiy
Jahon harbiy kubogi : 2001
Misr U23
Butun Afrika oʻyinlari : 1995
Individual
CAF Chempionlar Ligasining eng yaxshi darvozaboni: 2001, 2005, 2006 Afrika Millatlar Kubogining eng yaxshi darvozaboni: 2006, 2008, 2010
Yana qarang
100 yoki undan ortiq oʻyin oʻtkazgan futbolchilar roʻyxati
Manbalar
Eslatmalar
Havolalar
Essam El Hadary – FIFA competition record (archived)
Image at the Wayback Machine (archived 2013-05-12)
Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Misrlik erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar