Hoji Mirali jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan. Masjid 1989–1992-yillar davomida hashar yoʻli bilan qurilgan. 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 1800 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2016–2019-yillarda qayta taʼmirlangan.

Manbalar

Turkum:Buxorodagi masjidlar