Al-Hilol () – 1892-yilda tashkil etilgan Misr madaniyati va adabiyoti jurnali. Arab dunyosidagi sanʼat bilan shugʻullanadigan eng qadimiy jurnallardan biridir.
Tarixi Al-Hilol 1880-yillarda Misrga kelgan bayrutlik jurnalist Jurji Zaydon tomonidan 1892-yilda asos solingan. Oylik jurnalning birinchi soni 1892-yil sentyabrda chop etilgan. Jurji Zaydon vafotidan keyin jurnalga uning oʻgʻillari Emil va Shukri Zaydon muharrirlik qilgan. Oʻz faoliyatini boshlaganidan koʻp oʻtmay , „Al-Hilol“ "Al-Muqtataf" jurnali bilan birga mashhur jurnalga aylandi.
Arab tilida nashr etiladigan jurnal tahririyati Qohirada joylashgan. U mamlakatdagi davlat nashrlaridan biri sanaladi. Jurnalning noshiri davlatga qarashli „Dar Al-Hilol“ nashriyot uyi hisoblanadi.
"Al-Hilol" jurnalining oʻtgan sonlari Bibliotheca Alexandrina tomonidan raqamlashtirilgan"Al Hilal Archive". International School of Information Science. Retrieved 29 September 2013.. Bundan tashqari, nashriyot jurnali va boshqa nashrlarning oʻtgan sonlarini ham arxivlashtirgan. Janubiy Koreyaning AsiaN axborot agentligi va jurnal madaniyat va ommaviy axborot vositalari sohasidagi hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida madaniy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.
Koʻplab arab jurnallari, jumladan 1908-yilda Quddusda nashr etilgan Al-Nafais Al-Asriyya Al-Hiloldan ilhomlangan.
Muharrirlari va mualliflari 2011-yil 30-martda Helmi Al-Namnam Al-Hilolning bosh muharririga aylandi. Jurnalning keyingi bosh muharriri Muhammad Al-Shafey boʻldi„'Al Hilal' Magazine and 'The AsiaNʼ sign a cultural partnership agreement“ . AJA. Retrieved 29 September 2013..
Eng birinchi hissa qoʻshganlardan biri falastinlik feminist yozuvchi May Ziyoda edi. Yana bir muallifi va adabiyot professori Oysha Abel Rahmon edi. U Bint al Shati taxallusi ostida maqolalar chop etgan. Uning Al-Hiloldagi maqolalari va boshqa maqolalarida Birlashgan Arab Respublikasini qoʻllab-quvvatlangan. Mansur Fahmiy va Salama Musolar ham jurnalga oʻz hissalarini qoʻshganlar. Ahmad Amin 1933-yildan 1954-yilgacha vafotigacha Al-Hilolga muntazam ravishda hissa qoʻshgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Qohirada chop qilinadigan jurnallar Turkum:Misrning oylik jurnallari Turkum:1892-yilda tashkil etilgan jurnallar Turkum:Arab tilidagi jurnallar Turkum:Misrda chop etilgan adabiy jurnallar Turkum:Davlat nashrlari