Javohir Shavkat oʻgʻli Ilyosov (; 6-fevral 1994-yil, Chiroqchi, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik professional futbolchi, Olmaliqning „OKMK“ klubi darvozaboni.

Futbolchilik faoliyati Javohir „Mashʼal“ klubi maktabi tarbiyalanuvchisi. Mashʼal jamoasi tarkibidagi debyutini 2015-yilda Oʻzbekiston Superligasida oʻtkazgan. Mashʼal klubi tarkibida 4 yil davomida oʻynadi va 2018-yilda Bekobodning „Metallurg“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Bekobod klubi tarkibida bir mavsum davomida 20 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2019-yilgi mavsum oldidan Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Yanggi jamoasidagi dastlabki oʻyinadayoq Oʻzbekiston Superkubogi sovrinini qoʻlga kiritgan. Lokomotiv klubi tarkibida uch mavsum davomida oʻynagan. 2022-yil Navoiyning „Qizilqum“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Navoiy klubi tarkibida ikki mavsum oʻynaganidan soʻng, 2024-yil yanvar oyida Olmaliqning „OKMK“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyati Javohir Oʻzbekiston terma jamoasining bir necha yosh toifasida ishtirok etgan. Oʻzbekiston terma jamoasida Vadim Abramov murabbiyligi ostida bitta oʻyin oʻtkazgan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2019

Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2019 Oʻzbekiston PFL kubogi sohibi: 2015

Shaxsiy hayot Javohir 2019-yilda uylangan va toʻy marosimining bir qismini Muborakda Bahrom Vafoev stadionda oʻtkazgan.

Manbalar

Havolalar

Javohir Ilyosov Transfermarkt saytida Javohir Ilyosov OʻzPFL saytida

Turkum:6-fevralda tugʻilganlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Chiroqchi tumanida tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar