Emil Jamgʻirchiyev ()- (1982-yil, 12-mart Frunze shahri) Qirgʻiziston Respublikasi parlamentining VII chaqiriq deputatiЖамгырчиев Эмил Эрикович.
Faoliyati 1999-2004 yillarda - Ichki ishlar vazirligida xizmat qilgan; 2007-2010 - Moliya politsiyasi tergovchisi; 2010-2011 yillarda - Chuy viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasining Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i, so‘ngra - uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i; 2011-2012 yillarda - Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti devonining Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari; 2012-yil - Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati Mudofaa, huquqni muhofaza qilish va favqulodda vaziyatlar departamentining xavfsizlik va huquq-tartibot masalalari boʻyicha huquqni muhofaza qilish, xavfsizlik va boshqa idoralarning muvofiqlashtirish sektori inspektori; 2014-2015-yillarda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmatining (Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmati, Fin pol) Chuy va Talas viloyatlari bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi; 2016-yil - Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmatining Chuy viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari; 2016-2017 yillarda - Moliya politsiyasining Bishkek shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i; 2017-2020-yillarda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmati raisi o‘rinbosari; 2021-yildan - "NSK" sugʻurta kompaniyasi boshqaruvi raisining maslahatchisi. 2022-yil fevral oyida yettinchi chaqiriq Jogorku Kengesh deputati bo‘ldiЖамгырчиев Эмил Эрикович — биография.
Jinoiy javobgarlikka tortilishii Emil Jamgʻirchiyevni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha tuzilgan parlament komissiyasi raisi deputat Alisher Erbayev 2022-yilda Emil Jamg‘irchiev “Salimboy nomi bilan tanilgan O‘zbekiston fuqarosi Salim Abduvaliyev bilan uchrashish va qo‘llov olish maqsadida Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tganini aytdiКамчыбек Ташиев: Эмил Жамгырчиевди камабайбыз, издеген да жокпуз.
2023-yilning 27 dekabr kuni Qirgʻizison bosh prokurori Qurmanqul Zulushev deputat Emil Jamgʻirchievni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat so‘ragan. Parlament spikeri Nurlanbek Shakiev xalq vakiliga nisbatan Jinoyat kodeksining “Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan. Uni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berish yoki rad etish hamda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tergov qilish uchun deputatlik komissiyasi tuzilganЖамгырчиевдин иши: депутаттык комиссиянын жыйыны жабык өтүүдө. 2023-yilning 9-yanvar kuni yopiq yig‘ilishda komissiya vakillari Emil Jamg‘irchievni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berdiДепкомиссия Жамгырчиевди жоопко тартууга уруксат берди, эл өкүлү кайда экени белгисиз. Deputat o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib, buni “siyosiy ta’qib” deb bilishini ma’lum qilgan. Shu kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergovchilari deputatga chaqiruv qog‘ozi berishga uringan. Jamg‘irchiev fraksiyadoshi Nilufar Alimjonovaning kabinetiga kirib, Jogorku Kenesh binosining 2-qavatidagi derazadan sakrab qochib ketganДепутаттык комиссия: Жамгырчиев Салим Абдувалиевге жолугуу үчүн Өзбекстанга мыйзамсыз өткөн. Qamchibek Tashiyev Jamg‘irchiev qamoqqa olinmasligini va ish sudga borganidan keyin aybsizligini isbotlashi kerakligini aytganТашиев депутат Жамгырчиев камалбай турганын айтты. Shuningdek u O‘zbekistondagi jinoyatchilar yetakchisi deyilgan Salim Abduvaliyevga yozgan maktubini Jogorku Kengashda parlamen aʼzolariga ko‘rsatgan. 10 sahifalik maktubda Jamgʻirchiyev Salim Abduvaliyevdan yordam so‘rab, Qirg‘izistonda bosim ostida qolganini yozganТашиев Жамгырчиев “Салимбай байбачадан” колдоо издеп, жолукканын айтты.
Jamgʻirchiyev O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani sababli jinoiy ish qo‘zg‘atilganЭмил Жамгырчиевге Өзбекстанда дагы кылмыш иши козголгону белгилүү болдуГКНБ Кыргызстана: в Узбекистане на депутата Эмиля Жамгырчиева возбудили два уголовных дела.
Manbalar
Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:12-martda tugʻilganlar