Abul Os ibn Robiʼ (, hijriy 634-yilning fevral oyida vafot etgan) – islom dinining soʻnggi paygʻambari Muhammadning kuyovi va sahobasi. Uning asl ismi Hushaym yoki Yosir ekanligi aytilganIbn Hajar, Al-Isaba vol. 7 #10173, p. 224.
Oilasi Abul Os ibn Robiʼ Hola bintu Xuvaylidning oʻgʻli boʻlganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 21. London: Ta-Ha Publishers.. Uning qonuniy otasi Quraysh qabilasining Banu Abd-Shams urugʻidan Al-Robiʼ ibn Abdul-Uzzo boʻlganIbn Hajar, Al-Isaba vol. 7 #10176.. Abul Os savdogarlik bilan shugʻullangan boʻlib, Makkadagi muhim shaxslardan biri hisoblanganMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 313. Oxford: Oxford University Press..
Xolasi Xadicha bint Xuvaylid uni oʻz oʻgʻlidek koʻrganMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 313. Oxford: Oxford University Press.. Abul Os ham xolasining uyiga tez-tez tashrif buyurganIbn Hajar, Al-Isaba vol. 7 #10176.. Xadicha bint Xuvaylid turmush oʻrtogʻi Muhammad paygʻambardan qizlari Zaynab bint Muhammad uchun munosib kuyov topishini soʻraydi. Shundan keyin Zaynabni Abul Osga turmushga berishadi. Islomni birinchilardan boʻlib Muhammadning xotini Xadicha bint Xuvaylid, undan keyin Zaynab, Ruqiya, Ummu Gulsum va yosh boʻlishiga qaramay Fotima qabul qilgan boʻlsa-da, Abul Os bu dinni qabul qilishni istamaydi va ota-bobolari sigʻingan dinda qolishni tanlaydi. Shunday boʻlsa-da xotini Zaynabga boʻlgan munosabati zarracha oʻzgarmaydi. Paygʻambar keyinchalik Abul Os haqida iliqlik bilan gapiradi, „Qachon menga gapirsa toʻgʻri gapirdiMuslim 31:6002. va qachon menga vaʼda bersa vaʼdasini ustidan chiqdi“ , – deydiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 21. London: Ta-Ha Publishers..
Abul Os va Zaynabning ikki farzandi boʻlgan, oʻgʻli Ali bolaligida vafot etgan, qizi Umoma toʻrtinchi xalifa Aliga turmushga chiqqan.
Islom diniga qarshi Muhammad paygʻambar boʻlganidan keyin Makkada mashhurligini yoʻqotadi, bu paytda esa Quraysh qabilasi Abul Osga bosim oʻtkazib, xotini Zaynab bilan ajrashishini, evaziga esa unga xohlagan ayolni berishini aytishadi. Lekin Abul Os unga boshqa ayol kerakmasligini aytadi va ayoli Zaynab bilan qoladiMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 313. Oxford: Oxford University Press.. Ammo musulmon boʻlishni ham rad etadiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 21. London: Ta-Ha Publishers.. Muhammad paygʻambar ham Makka shahri ustidan hukmronlik huquqiga ega boʻlmaganligi bois qizini imonsiz eridan ajralishga majburlay olmaydi. Musulmonlar Madinaga hijrat qilganlarida, Zaynab musulmon boʻlsa ham, Makkada turmush oʻrtogʻi Abul Os bilan birga qoladi.
Hijriy 624-yilda Abul Os Badr jangida Quraysh qabilasi tomonida turib jang olib boradi va Abdulloh ibn Jubayr al-Ansoriy tomonidan asirga olinadiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 21. London: Ta-Ha Publishers.. Badr jangida mushriklarning soni koʻpligiga qaramay, musulmonlar gʻalaba qozonishadi. Asirga olinganlarni ozod etish uchun Muhammad ularga bir mingdan toʻrt ming dinorgacha narx belgilaydi. Zaynab ham Abul Osni ozod qilish harakatiga tushadi. U akasi Amr orqali erining ozodligi uchun fidya, jumladan, onasi Xadichaning unga qilgan toʻy sovgʻasi oniks marjonini yuboradi. Marjonni koʻrgan Muhammad paygʻambar qizini eslab qattiq gʻamga botadi. Zaynabning toʻlovini qabul qilmasdan turib, kuyovi Abul Osni ozod qilib yuboradi. Ammo kuyovini ozod qilish chogʻida unga Zaynabni qaytarishini shart qilib qoʻyadi. Abul Os ham Makkaga qaytganidan soʻng, ushbu shartni bajarishga kirishadi. Shu sababli ham Abul Os keyingi toʻrt yil davomida Zaynabdan ayro yashashga majbur boʻladiMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 313. Oxford: Oxford University Press.Abu Dawud 14:2686..
Islom dinini qabul qilishi Hijriy 627-yilning oktyabr oyida Abul Os savdo karvoni bilan Suriyadan qaytayotgan chogʻida musulmon bosqinchilari tomonidan hujumga uchraydi. U bosqinchilar hujumidan zoʻrgʻa qochib qutuladi, biroq karvondagi barcha qimmatbaho mol-mulklar bosqinchilar qoʻliga oʻtadi. Abul Os kechasi Madinaga kirib boradi va Zaynabdan uni himoya qilishini soʻraydi, Zaynab ham unga yordam beradiMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 313. Oxford: Oxford University Press..
Ertasi kuni ertalab Muhammad paygʻambar bosqinchilardan Abul Osga tegishli oʻgʻirlangan mol-mulk haqida soʻraydi. Paygʻambar ularga kuyovi va amakisining mol-mulkini qaytarib berishlarini yoki agar xohlasalar, oʻzlarida olib qolishga huquqlari borligini aytadiMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 313. Oxford: Oxford University Press.. Bosqinchilar Abul Osga tegishli barcha narsani unga qaytaradilar va undan musulmon boʻlishni soʻrashadi. Abul Os esa ogʻir vaziyatda oʻz dinidan kechishini soʻrayotganlari uchun bu taklifni qabul qilmaydi va barcha mol-mulkini olib Makkaga qaytib ketadiAbdulmalik ibn Hisham. Notes to Ibn Ishaq’s Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 740 note 397. Oxford: Oxford University Press..
Abul Os Makkaga safarini davom ettiradi va qurayshliklarning barcha mollarini ularga qaytarib beradi. Ogʻir kunda ularning molini oʻzlashtirib olgan deb oʻylamasliklari uchun Madinada islomni qabul qilmaganini aytadi. Keyin esa ularga bundan buyon musulmon ekanligini eʼlon qiladi va hijriy 628-yilning may yoki iyun oyida Madinaga hijrat qiladiMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 313. Oxford: Oxford University Press..
Muhammad Abul Osga hech qanday shart yoki talab qoʻymasdan yana Zaynab bilan yashashga ruxsat berdiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 21. London: Ta-Ha Publishers.Muhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 313. Oxford: Oxford University Press.. Biroq mavjud anʼanalarga koʻra, Abul Os Zaynab uchun yana mahr toʻlaydi.Ular birga yana 1 yil hayot kechirishadi va Zaynab 629-yilning oʻrtalarida vafot etadi.
Zaynabning oʻlimidan keyin Xotinining vafotidan keyin Abul Os Makkaga qaytib kelganIbn Hajar, Al-Isaba vol. 7 #10176.. U Faxita binti Said ibn Al-Os ibn Abu Umayyaga uylangan va ularning Maryam ismli qizi boʻlganIbn Hajar, Al-Isaba vol. 8 #11567.. U hech qachon islomiy urushlarda ishtirok etmagan.
Abul Os ibn Robiʼ hijriy 634-yilning fevralida Makkada vafot etganIbn Hajar, Al-Isaba vol. 7 #10176; vol. 8 #11567..
Manbalar
Turkum:Sahobalar Turkum:634-yilda vafot etganlar