Yuriy Mixaylovich Churbanov (; 1936-yil 11-noyabr – 2013-yil 7-oktyabr) Sovet siyosatchisi va uzoq yillik Bosh kotib Leonid Brejnevning kuyovi edi.
Biografiyasi Churbonov 1936-yil 11-noyabrda tugʻilgan. Yoshligida u komsomolning faol aʼzosi edi. 1960-yillarda Moskva davlat universitetida oʻqigan va huquq fakultetida oʻqigan. 1967-yilda u politsiyachi boʻlib ishlay boshladi va 1971-yilda Galina Brejneva bilan turmush qurishdan oldin politsiya podpolkovnigi boʻldi. Uning Galina bilan nikohini otasi, Bosh kotib Leonid Brejnev tashkillashtirgan. Churbanov Galina bilan oila qurgach, xotini va ikki farzandini tashlab ketgan. Galinaning dugonasi Rossiya matbuotiga ularning oʻrtasida sevgi boʻlmagani va ular bor-yoʻgʻi ikki marta oʻpishganini aytdi: birinchisi toʻyda, ikkinchisi esa Churbonov qamoqqa tashlanganida edi. Biroq, Churbonovning Galina bilan turmush qurishi uni tezda lavozimga koʻtarikishiga olib keldi. Galina bilan turmush qurganida, u politsiyachi boʻlib ishlagan, ammo toʻrt yildan keyin u Ichki ishlar vazirligi vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlib, general harbiy unvoniga ega boʻlgan. Churbonov Galinaning akasi Yuriy bilan birga oʻzbek paxtasi mojarosiga aloqadorligi sababli, oʻzlashtirish va korrupsiyada ayblanib hibsga olingan. 1990-yilda, Churbonov hali qamoqda boʻlganida, Galina ajrashish uchun ariza bergan.
Churbonov 2013-yil 7-oktyabrda vafot etdi.
Manbalar
Turkum:11-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1936-yilda tugʻilganlar Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:7-oktyabrda vafot etganlar Turkum:2013-yilda vafot etganlar Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:“Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan” medali sohiblari Turkum:Oʻzbekistonda paxta ishi Turkum:KPSS XXV syezdi delegatlari Turkum:KPSS XXVI syezdi delegatlari