Al-Avayr, shuningdek, Al-Avir () – Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay amirligida joylashgan shaharcha, shahar markazidan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan. Hudud qadimdan dehqonchilik va tuyachilik markazi boʻlgan. Al-Avirda koʻplab dubaylik fermer oilalar qatorida Dubayning hukmron Maktum oilasi ham oʻz fermer xoʻjaligini yuritadi.
Al-Avir shaharchasida al-Avir meva-sabzavot bozori, hamda al-Avir markaziy qamoqxonasi joylashgan.
2018-yilda al-Avirdagi immigratsiya markazi – amnistiya markazi joylashgan boʻlib, u yerda BAAga ishlash vizasi muddatidan oshgan odamlar jarima va jarimalarsiz mamlakatni tark etish uchun ariza topshirishlari mumkin boʻlgan.
Al-Avir hududi Amirlik yoʻliga (E611) tutashgan boʻlib, Dubaydagi Ras al-Xor va sharqda Lahbob yerlari bilan chegaradosh.
Manbalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda