thumb| City Walk, Dubay City Walk yoki City Walk Dubai – Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri al-Vasl hamjamiyatidagi shahar uchastkasi boʻlib, qisman piyodalar uchun savdo va dam olishga moʻljallangan mahalla sifatida faoliyat koʻrsatadi.

Ochilishi City Walk 2016-yil fevral oyida omma uchun ochib berilgan.

Hududi Meraas kompaniyasi City Walk hududidagi yirik ishlab chiquvchi kompaniya hisoblanadi. City Walk loyihasi ikki bosqichda ishlab chiqilgan boʻlib, 900 000 kvadrat metrdan ortiq maydonni, jumladan, savdo va turar-joy maydonlari, sayyohlar uchun moʻljallangan joylarni oʻz ichiga oladi. City Walk hududi al-Safo, al-Vasl va Shayx Zayd yoʻllariga yaqin.

Xavfsizlik xizmati 2017-yilda Shayx Muhammad bin Rashid City Walk shahrida ishchilar va aholiga 24 soatlik xavfsizlik xizmati koʻrsatish uchun aqlli politsiya boʻlimini ochdi. Markaz 4 paketga kiruvchi 46 ta xavfsizlik xizmatlarini, jumladan, jinoiy xizmatlar, yoʻl harakati xizmatlari, jamoat xizmatlari, sertifikatlar va ruxsatnomalar xizmatlarini taqdim etadi.

Diqqatga sazovor joylari

Coca-Cola Arena Yashil sayyora bio-gumbasi Dubaydagi Kanada universiteti

Manbalar

Turkum:Dubay geografiyasi