Rumana kichik tumani () Al-Anbar muhofazotiga qarashli Al-Qoim tumanida joylashgan okrug. Okrug Al-Anba muhofazotining gʻarbiy qismida, Furot daryosining shimoliy tomonida, Iroq — Suriya chegarasida joylashgan. Maʼmuriy markazi Rumana shaharchasi. Ushbu nom arabchadan tarjima qilganda, „anor“ degan maʼnoni anglatadi. Rumanani saylangan tuman kengashi va shahar hokimi boshqaradi.

Hududda 8,900 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning barchasi sunniy musulmon arablar boʻlib, asosiy qabilalar Al-Bu Mahhal va Al-Marasima va baʼzi kichik qabilalar. Aholi dehqonchilik, baliqchilik, kichik biznes, bandlik kabi sohalarda tirikchilik qiladi. Rumanani Furot daryosi orqali Qoim va Al-Ubaydiy bilan bog‘laydigan beton ko‘prik mavjud.

Rumana okrugi 2014-yil 16-iyun kuni IShID nazoratiga o‘tgan.

Rumana okrugi 2017-yil 13-noyabr kuni Iroq armiyasi tomonidan qaytarib olingan.

Manbalar

Turkum:Iroq okruglari Turkum:Al-Anbar muhofazotidagi aholi manzilgohlari Turkum:Ipak yoʻli boʻyidagi aholi punktlari Turkum:Furot daryosi sohilidagi aholi manzilgohlari