Mihai Alexandru Roman ( ; 1992-yil 31-may) – ruminiyalik professional futbolchi. Mihai Oʻzbekiston Superligasi ishtirok etuvchi „Neftchi“ jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati U kattalar futbolidagi debyutini 2010-yilda „Universitet“ (Kraiova) jamoasida oʻtkazgan. Klubda bir mavsum oʻtkazib, 8 ta oʻyinida ishtirojk etgan.

2011-2012-yillarda Petrolul klubi sharafini himoya qilgan.

Keyinchalik, 2013-yildan 2015-yilgacha u „Turnu-Severin“, „Segyat“ va „Panduriy“ jamoalarida oʻynagan.

2015-yilda u „Nijmegen“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

2016-2019-yillar davomida u „Makkabi“ (Petax-Tikva), „KS University“, „Poli Timisoara“ va „Botosani“ klublarida oʻynagan.

2019-yildan yana bu safar u KS Universitatya klubini uch mavsum davomida himoya qildi. Krayovning KS Universitatya jamoasi aʼzosi sifatida u chempionatda har bir oʻyinda oʻrtacha 0,33 gol urib, jamoaning eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻlgan.

U „Botoshani“ klubiga 2022-yilda kelib qoʻshilgan. 2022-yil 4-oktabr holatiga koʻra, u Botosani jamoasi uchun milliy chempionatda 23 ta oʻyin oʻtkazgan.

2024-yil 10-fevralda Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi, Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyati Roman 2011-yilgi UEFA Yevropa chempionatida Ruminiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasini himoya qilgan. 2013-yil 10-sentyabrda Chernogoriyaga qarshi oʻyinda 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi safida ikkita gol urdi.

Faoliyat statistikasi

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar Terma jamoa YilIshtGol Ruminiya 2015 2 0 Jami 2 0

Yutuqlar Pandurii Târgu Jiu

Cupa Ligii ikkinchi oʻrin sohibi: 2014–2015

Universitatea Craiova

Cupa Romaniei : 2020–2021 Romaniei Superkubogi : 2021

Manbalar

Havolalar

Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Ruminiyalik erkak futbolchilar Turkum:Maccabi Petah Tikva F.C. futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:FC U Craiova 1948 futbolchilari Turkum:FC Petrolul Ploiești futbolchilari Turkum:FC Universitatea Cluj futbolchilari Turkum:CS Turnu Severin futbolchilari Turkum:AFC Săgeata Năvodari futbolchilari Turkum:CS Pandurii Târgu Jiu futbolchilari Turkum:NEC Nijmegen futbolchilari Turkum:Maccabi Petah Tikva F.C. futbolchilari Turkum:CS Universitatea Craiova futbolchilari Turkum:ACS Poli Timișoara futbolchilari Turkum:FC Botoșani futbolchilari Turkum:FC Argeș Pitești futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Liga I futbolchilari Turkum:Liga II futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Isroildagi muhojir erkak futbolchilar