Qaratis, shuningdek Ummu Horun () yoki Ummu al-Vosiq () sakkizinchi Abbosiy xalifa Muʼtasimning ummu al-valadi va uning vorisi Vosiqning onasi.
Hayoti
Qaratis vizantiyalik yunon ayol boʻlgan. U taxminan 811-yilda Abbosiylar haramiga kirgan. U yosh Abbosiy yosh shahzoda Abu Isʼhoq Muhammad ibn Horunga kanizaklikka berilgunga qadar Abbosiylar xonadonida tarbiyalangan. Qaratis islomni haramga kirishdan oldin yoki keyin qabul qilgani nomaʼlum. Qaratis Abu Isʼhoq Muhammaddan biroz yoshroq boʻlgan.
Qaratis Abu Jaʼfar Horun (boʻlajak xalifa Vosiq) va Muhammad ismli ikki oʻgʻilni dunyoga keltirgan. Abu Jaʼfar Horun 812-yil 17-aprelda (manbalarda 811—813-yil oraligʻidagi ertaroq yoki kechroq vaqt koʻrsatilgan) Makka yoʻlida tugʻilgan.
Muʼtasim Qaratisning katta oʻgʻlini merosxoʻr etib tayinlagan. 842-yil 5-yanvarda Muʼtasim vafotidan soʻng uning oʻgʻli akalarining qarshiliklarisiz taxtga oʻtirgan. Shu bilan Qaratis Abbosiylar xonadoni boshligʻi ham boʻlgan. Vosiq hukmronligi boshlanganidan koʻp oʻtmay Qaratis hajga borishga qaror qilgan.
Qoratis 842-yilda Vosiqning o‘gay ukasi Ja’far (bo‘lajak xalifa Mutavakkil) hamrohligida haj safariga chiqqan. Biroq 842-yil 16-avgustda (hijriy 227-yil) yoʻlda, al-Hirada vafot etgan. Kufada dafn etilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:842-yilda vafot etganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 9-asr ayollari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 9-asr kishilari Turkum:Xristianlikdan islomni qabul qilganlar Turkum:Abbosiy xalifalarning kanizaklari Turkum:Abbosiy xalifalarning onalari Turkum:9-asr Vizantiya ayollari