Alan Arkadyevich Xadzaragov (1995-yil 20-aprel, Vladikavkaz, Rossiya), Matrang taxallusi bilan mashhur, rus musiqachisi, qoʻshiqchisi va repperi. 2017-yildan beri „Gazgolder“ ijodiy uyushmasi aʼzosi. „Oltin Gargoyl“ musiqa mukofoti gʻolibi.

Hayoti Alan 1995-yil 21-aprelda Vladikavkaz shahrida osetin oilasida tugʻilgan. Onasi oʻqituvchi, va togʻlarga ekskursiya qiladi, otasi esa ijod bilan shugʻullanadi.

Bolaligidan Alan rasm chizgan, teatrda oʻynagan va qoʻshiq kuylagan. 7 yoshida Olga Djanayeva rahbarligidagi „Arion“ respublika xorida solist boʻlgan.

Alan 2012-yilda oʻzining birinchi „Gadkiy mir“ trekini, keyin esa „Planeta luna“ debyut albomini chiqardi. Dastlab Don ShaL taxallusi ostida chiqish qilgan. Maktabni tugatgach, Alan sivilizatsiya institutiga (Vladikavkaz) dizayner-loyihachi sifatida oʻqishga kirdi. Biroq, yigit tez orada tanlagan kasbidan hafsalasi pir boʻldi. Kollejni tashlab, Alan 2016-yilda Moskvaga ketdi. Oʻshanda u Matrang taxallusini oldi, yaʼni ushbu taxallus vetnamcha oy degan maʼnoni anglatadi.

Rossiyadagi mashhurlik Alanga 2018-yilda, uning „Meduza“ qoʻshigʻi yilning asosiy rus tilidagi xitlaridan biriga aylanganda keldi. Qoʻshiq Muz-TV telekanalida „Runet qoʻshigʻi“ nominatsiyasi mukofotiga nomzod boʻlgan, ammo gʻolib chiqmagan. Ushbu qoʻshiq bilan 2019-yil 7-yanvarda „Live Fest URBAN“ (Rosa Xutor festivali dasturining bir qismi) da ishtirok etdi.

2018-yil yanvar oyida Matrang „Privet“ trekini chiqardi.

Uning ikki singlisi va ukasi bor.

2024-yil yanvar oyining oxirida qoʻshiqchi Shimoliy Osetiyada taʼqibga uchragani haqida xabar berdi – Yangi yil oldidan ikki nomaʼlum shaxs uni Vladikavkazdagi oʻrmonga olib borib kaltaklagan. Xonanda, shuningdek, hozir Tailandda pulsiz ekanligini, qoshlarini va peshonasidagi sochlarning bir qismini oldirganini, musiqiy faoliyatini davom ettirishdan bosh tortishini va endi chiqish qilishni xohlamasligini aytdi. 2024-yil 21-fevralda Rossiyaga qaytib kelgan Matrang oilasi tomonidan reabilitatsiya markaziga joylashtirildi. Xonandaning opasi bunday qarorga uning giyohvandligi sabab boʻlganini tushuntirdi.

Diskografiyasi

Raqamli albomlari NomiMaʼlumotPlaneta Luna Reliz: 2015 Leybl: Moon Mafia Format: raqamli distributsiyaKrasnaya Luna Reliz: 2017 Leybl: Moon Mafia Format: raqamli distributsiyaEYA Reliz: 25-may 2018 Leybl: Gazgolder Format: raqamli distributsiyaDA Reliz: 31-yanvar 2019 Leybl: Gazgolder Format: raqamli distributsiyaTRI Reliz: 27-mart 2020 Leybl: Gazgolder Format: raqamli distributsiya

Musiqalari

2018 – „Meduza“ 2018 – „OMO“ 2018 – „Voda“ 2018 – „Ot Luni do Marsa“ 2018 – „Provoda“ 2018 – „Zamikat“ 2018 – „Bronza“ 2019 – „So mnoy“ 2019 – „Prosnis“ 2019 – „Duren“ 2019 – „Privet“ (Basta bilan) 2019 – „Privet“ (Straniza & Kseniya Minayeva bilan) 2019 – „Ostavaysya“ 2019 – „Matrang“ 2019 – „S samim soboy“ 2019 – „Krug“ 2020 – „Mama“ 2020 – „Otchayanno zovyot“ 2020 – „Velvetovie chasi“ 2020 – „Molodost“ 2020 – „Fas“ 2020 – „Ment“ 2020 – „Vzaperti“ 2021 – „Ruki na ruke“ 2021 – „Patriarxat“ 2021 – „Zamanchivaya“ 2021 – „Mimo vetra“ (Musya Totibadze bilan) 2023 – „Legato“

Videografiyasi

2017 – „Kino“ 2018 – „Meduza“ 2018 – „Voda“ 2019 – „Imya“ 2019 – „Privet“ (Basta bilan) 2020 – „Molodost“ 2021 – „Ruki na ruke“

Mukofotlar va nominatsiyalari YilMukofotNomzodTurkumNatija2018Rossiya milliy musiqa mukofotiMatrang – „Meduza“Eng yaxshi hip-hop ijrochisiNominatsiyaMuz-TV mukofotiRunetning eng yaxshi qoʻshigʻiNominatsiya2019Muz-TV mukofotiEng yaxshi erkak videoNominatsiya

Manbalar

Havolalar

Turkum:Qoʻshiqchilar Turkum:Pop-qoʻshiqchilar Turkum:Hip-hop musiqachilar Turkum:Reperlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:20-aprelda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar