Trilogy – kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning birinchi kompilyatsiya albomi. U 2012-yil 13-noyabrda XO va Republic Records orqali chiqarildi. Toʻplamga Abelning 2011-yilgi House of Balloons, Thursday va Echoes of Silence miksteyplarining remikslangan yoki remaster qilingan treklari hamda avval taqdim qilinmagan – "Twenty Eight", „Valerie“ va „Till Dawn (Here Comes the Sun) qoʻshiqlari (bonus treklar sifatida) kiritilgan.

Trilogy tanqidchilardan asosan ijobiy sharhlarni oldi, bu miksteyplarning shuhratini yanada kuchaytirdi. U uchta singl va 2012-yil sentyabr–noyabr oylarida The Weekndning konserti bilan targʻib qilindi. Albom Kanadada beshinchi, Qoʻshma Shtatlarda toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Tarixi 2011-yilda The Weeknd bir qator miksteyplarni – House of Balloons, Thursday, Echoes of Silenceni chiqardi va ham tanqidchilarning eʼtirofga, ham oʻsib borayotgan muxlislar bazasiga ega boʻldi. Miksteyplar asosan prodyuserlar Doc McKinney va Illangelo bilan Torontodagi Dream House va Site Sound Studiosda yozilgan; Sterling Road Studios da qoʻshimcha ishlar qilingan. The Weeknd miksteyplarni onlayn bepul raqamli yuklab olish uchun chiqardi.

2012-yil sentabr oyida The Weekndning XO leybli Republic Records bilan shartnoma tuzdi. Miksteyplar keyinchalik remaster qilingan va Trilogy uchun yigʻilgan, shuningdek, ilgari chiqarilmagan, Torontodagi Liberty Studiosda yozilgan uchta qoʻshiq ham kiritilgan. “Twenty Eight", „Valerie“ va „Till Dawn (Here Comes the Sun)“ har bir kompilyatsiya disklarining oxiriga bonus trek sifatida kiritilgan.

Miksteyplarning musiqasini chakana savdoga qayta chiqarish uchun The Weeknd dastlab baʼzi qoʻshiqlari, jumladan Beach Housening „Master of None“ trekidan sempl ishlatilgan „The Party & The After Party“ va Siouxsie and the Bansheesning „Happy House“ trekidan sempl ishlatilgan "House of Balloons / Glass Table Girls" uchun ijodkorlardan ruxsat soʻrashiga toʻgʻri kelgan; Aaliyahning „Rock the Boat“ trekidan sempl ishlatilgan „What You Need“ treki Trilogydan chiqarib tashlandi.

Targʻib The Weeknd 2012-yil sentabrdan noyabrgacha Trilogyni qoʻllab-quvvatlash maqsadida gastrol qildi. U 24-oktabr kuni Nyu-York shahridagi tinglash kechasida albomni taqdim etdi. Bu uning birinchi yirik media tadbiri edi.

Singllar Albomning asosiy singli „Wicked Games“ 2012-yil 22-oktyabrda chiqdi. Toʻrt kun oldin, 2012-yil 18-oktabrda uning remaster qilingan versiyasining video chiqdi. Qoʻshiq Canadian Hot 100 roʻyxatida 43-oʻrinni egalladi, AQSH Billboard Hot 100 roʻyxatida 53-oʻrinni va AQShning Hot R&B/Hip-Hop Songs 13-oʻrinni egalladi.

Ikkinchi singl "Twenty Eight" 13-noyabrda chiqdi. Uning musiqiy videosi 2013-yil 13-fevralda rejissyor Nabil Elderkin tomonidan chiqarilgan.

"The Zone" albomning uchinchi va oxirgi singli sifatida uch kundan soʻng chiqarildi, uning videosi 2012-yil yanvarda suratga olingan va 2012-yil 13-noyabrda chiqarilgan.

Tanqidiy qabul Trilogy asosan ijobiy sharhlar bilan kutib olindi. Professional nashrlarning sharhlariga 100 dan normallashtirilgan reytingni belgilaydigan Metacriticda albom 19 ta sharhga asoslanib, oʻrtacha 79 ball oldi. AnyDecentMusic? agregatori tanqidiy konsensusni baholashga asoslanib, 10 dan 8,1 ball berdi.

Tijoriy koʻrsatkichlar Trilogy Canadian Albums Chartda beshinchi oʻrinni egalladi. Qoʻshma Shtatlarda u Billboard 200 roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinda debyut qildi, birinchi haftada 86 000 nusxada sotildi. 2015-yil avgustiga kelib, Qoʻshma Shtatlarda 558 000 nusxada sotilgan. 2019-yil 18-martda Trilogy Amerika Yozuv Sanoati Assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan uch karra platina sertifikatiga ega boʻldi. 2022-yil 10-iyunda albom Music Canada tomonidan uch karra platina sertifikatiga ega boʻldi.

Treklar roʻyxati

Xodimlar Trilogy titrlaridan olingan.

Matthew Acton – yordamchi muhandis, muhandis Hyghly Alleyne – ijrochi prodyuser Rainer Millar Blanchaer – musiqachi, prodyuser William Brock – gitara Noel Cadastre – yordamchi muhandis Clams Casino – musiqachi, prodyuser Drake – mehmon sanʼatkor Dream Machine – prodyuser Drop – dizayn, ijrochi prodyuser DropXLife – musiqachi, prodyuser Adrian Eccleston – gitara Adrien Gough – musiqachi Patrick Greenaway – gitara Juicy J – mehmon sanʼatkor, vokal

Shin Kamiyama – yordamchi muhandis Doc McKinney – muhandis, ijrochi prodyuser, asbobsoz, musiqachi, prodyuser Carlo „Illangelo“ Montagnese – muhandis, ijrochi prodyuser, asbobsoz, miksing, musiqachi, prodyuser Jeremy Rose – muhandis, musiqachi, prodyuser Mark Santangelo – mastering Noah „40“ Shebib – muhandis Ben Swantek – dizayn La Mar Taylor – ijrochi prodyuser, fotograf Henry Walter – muhandis, musiqachi The Weeknd – ijrochi prodyuser, musiqachi, solist, prodyuser Jake Wilson – ijrochi prodyuser

Chartlar

Haftalik chartlar +Trilogyning chartlardagi oʻrni Chart (2012–2023) Eng yuqorioʻrin Australian Albums Chart 93

Yil yakunlari boʻyicha chartlar +Trilogyning 2013-yil yakunlariga boʻyicha oʻrni Chart (2013) Oʻrin US Billboard 200 65 US Top R&B/Hip-Hop Albums (Billboard) 17

+Trilogyning 2014-yil yakunlariga boʻyicha oʻrni Chart (2014) Oʻrin US Top R&B/Hip-Hop Albums (Billboard) 80

+Trilogyning 2015-yil yakunlariga boʻyicha oʻrni Chart (2015) Oʻrin US Billboard 200 97

+Trilogyning 2016-yil yakunlariga boʻyicha oʻrni Chart (2016) Oʻrin US Billboard 200 122

+Trilogyning 2017-yil yakunlariga boʻyicha oʻrni Chart (2017) Oʻrin US Billboard 200 154

Sertifikatsiya +Trilogyning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarAvstraliya (ARIA)Oltin35,000Birlashgan Qirollik (BPI)Oltin100,000Daniya (IFPI Danmark)Platina20,000Kanada (Music Canada)3× Platina240,000Qoʻshma Shtatlar (RIAA)3× Platina3,000,000

Chiqarilish tarixi +Trilogyning chiqish sanalari va formatlariHudud Sana Yorliqlar) Format(lar) Nashr Man. Avstraliya 2012-yil 9-noyabr Republic CD Standart Germaniya Birlashgan Qirollik 2012-yil 12-noyabr Kanada 2012-yil 13-noyabr Qoʻshma ShtatlarRepublic 2013-yil 26-mart LP 2017-yil 27-noyabr 5 yillik yubiley

Manbalar

Turkum:2012-yil albomlari Turkum:The Weeknd albomlari Turkum:The Weeknd prodyuserligidagi albomlar Turkum:Republic Records toʻplam albomlari