Farid Usmon (1946-yil 1-avgust, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) – taniqli sovet oʻzbek yozuvchisi, shoiri va dramaturgi. Koʻplab kitoblar va sheʼriy toʻplamlar muallifi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. „Doʻstlik ordeni“ sohibi. Hozirda „Kelajak“ gazetasida muharrir.

Taʼlimi Andijon davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan (1964). Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Dunyo adabiyoti institutida tashkil etilgan kurslarda tinglovchi boʻlib qatnashgan (1987–1989).

Asarlari „Umid gulzori“ (1976), „Navosiz navo“ (1978), „Ul qaro koʻz boʻlmasa …“ (1979), „Sochlaringda tun uyqusi“ (1890), „Qadr kechasi“, „Jon qushi“ (1997), „Men kichikmas kattaman“, „Bir juft binafsha“, „„Oq oltin“ga koʻk chiroq“ sheʼriy toʻplamlari va „Ruh bulbuli“ (2009), „Husn dovoni“ (2006), „Yangi oy“ (2011), „Meni sev“ (2011) kitoblari muallifi.

Dramalari Oʻzbekison teatrlari sahnalarida uning „Shahzod“, „Hovlidagi hangoma“ va boshqa dramatik asarlari sahnalashtirilgan. „Oʻshal damlar“ qoʻshigʻi Farid Usmon sheʼriga kuy bastalab ijro etilgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Andijon davlat universiteti bitiruvchilari