Quyidagi xronologik jadvalda yirik ilmiy kashfiyot va tajribalar nashr etilgan sanalar koʻrsatilgan:

Miloddan avvalgi V asr

Miloddan avvalgi 430-yilda Empedokl suv soatini okeanga botirib, havoning modda ekanligini isbotladi.

Miloddan avvalgi II asr

Miloddan avvalgi 240-yilda Arximed soxta toj haqidagi jumboqni yechish usulini ishlab chiqdi. Miloddan avvalgi 230-yilda Eratosfen Yerning aylanasi va diametrini oʻlchadi.

X asr

Abu Bakr ar-Roziy (Rhazes) tibbiyot sohasida ilk kuzatuv jarayonlarini va ilk tibbiy tajribalar orqali shifoxona qurishga gigiyenik eng qulay joyni aniqladi.

XI asr

1020-yilda Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) oʻzining „Tib qonunlari“ asarida tibbiyot va fiziologiyani chuqur tadbiq qildi, tibbiy va jarrohlik tajribalarini oʻtkazdi. 1021-yilda Ibn al-Haysam (Alxasen) oʻzining "Optika kitobi" asarida ilk bora fizik tajribalar va ilmiy uslublar ustida ishlar qildi. U ilk bora optikaga oid tajribalarni oʻtkazib, shisha orqali nurning harakatini oʻrgandi, zamonaviy kameralarning oynalariga asos boʻlgan ilmlarni aniqladi. Shuningdek, u nurning toʻgʻri chiziq boʻylab harakati va u koʻzga tushsagina tasvir hosil boʻlishini aniqladi.

1030-yilda Abu Rayhon Beruniy astronomik hodisalar bilan bogʻliq birinchi batafsil tajribalarni oʻtkazdi va mexanikaga oid ilk tajribalarni yaratdi.

XII asr

1121-yilda Al-Xaziniy „Donolik muvozanati kitobi“ asarida mexanikaga oid nazariyalarini isbotlash uchun eksperimental usuldan keng foydalanadi. Ibn Zuhr (Avenzoar) inson jasadini qismlarga ajratgan va autopsiyani amalga oshirgan birinchi shifokordir. U teri kasalliklari qoʻtir parazitlari tomonidan qoʻzgʻatilishini isbotladi, bu kashfiyot Gippokrat va Galen nazariyasiga qarshi chiqdi.

XIII asr

1200-yilda Abdulatif al-Bagʻdodiy koʻplab inson suyaklarini oʻrgandi va Galenning jagʻ va toʻsh suyaklarining tashkil topishi haqidagi nazariyasi xatoligini isbotladi. 1242-yilda Ibn al-Nafis autopsiya oʻtkazdi va qon aylanish tizimi va kichik qon aylanish sistemasini aniqladi. Kamoliddin al-Forisiy kamalak hodisasiga ilk ilmiy tushuntirishlarni berdi va oʻzining nazariyasini tajriba orqali isbotladi. Albert Magnus nitrat kislota kumushni eritishga qodirligini isbotladi va natijada hosil boʻlgan kumush nitrati terini qoraytirishini aniqladi.

XVI asr

1572-yilda Tayko Brahe osmonda supernova yaʼni yangi yulduzni aniqladi va Aristotelning osmon gumbazining oʻzgarmasligi haqidagi nazariyasini rad etdi.

XVII asr

1609-yilda Galileo Galiley geliotsentrik modelni isbotlash uchun qilayotgan harakatlari chogʻida yupiterning yoʻldoshlarini kashf etdi. 1638-yilda Galileo Galiley Aristotelning "mexanik harakatlar" nazariyasini rad etish uchun aylanayotgan toʻplardan foydalanadi. 1665-yilda Robert Guk mikroskop yordamida ilk bora hujayralarni kuzatdi. 1672-yilda Isak Nyuton oʻzining prizmaga oid tajribalari natijalarini eʼlon qildi, bu oq yorugʻlik boshqa rangli nurlarning jamlanmasi ekanligini koʻrsatdi. 1676-yilda Ole Romer birinchi marta yorugʻlik tezligini oʻlchaydi. 1687-yilda Isak Nyuton kuch va universal gravitatsiya nazariyalarini oʻrgandi va kuchning sayyoralar harakati kaliti ekanligini isbotladi.

XVIII asr

1747-yilda Jeyms Lind Yevropadagi eng qadimgi klinik sinovlardan birini oʻtkazdi, singa kasalligini yangi apelsin va limonni isteʼmol qilish orqali davolashni isbotladi, bunda sinalgan boshqa kislota va ichimliklar davo bermasligini koʻrsatdi. 1774-yilda Charlz Meyson Shotlandiyaning Shiehallion togʻi yaqinida birinchi marta Yerning oʻrtacha zichligini oʻlchashga doir ilk tajribalarni oʻtkazdi. Bu Shiehallion tajribasi sifatida tanildi. 1796-yilda Edvard Jenner ilk vaksinani sinovdan oʻtkazdi. 1798-yilda Genri Kavendish Nyutonning gravitatsion doimiyligi qiymatini aniqlashga oid tajriba oʻtkazdi.

XIX asr

1801-yil Tomas Yang ikki yoriqli panjara orqali qilgan tajribasida yorugʻlikning toʻlqin tabiatda boʻlishini koʻrsatdi. 1820-yilda Xans Kristian Orsted elektr va magnetizm oʻrtasidagi bogʻliqlikni kashf etdi. 1843-yilda Jeyms Preskott Joul mexanik ish va issiqlik oʻrtasidagi ekvivalentlikni oʻlchadi, natijada energiyaning saqlanish qonuni paydo boʻldi. 1845-yilda Kristian Doppler Doppler effektini kashf etdi. 1851-yilda Fuko Jan Bernar Leon yerning aylanishini koʻrsatish uchun Fuko mayatnigidan foydalanadi. 1859-yilda Charlz Darvin „Turlarning kelib chiqishi“ nazariyasini nashr etdi, unda evolutsiyaning tabiiy tanlanish natijasida sodir boʻlishini koʻrsatdi. 1861-yilda Lui Paster oʻz-oʻzidan paydo boʻlish nazariyasini rad etdi. 1861-yilda Gregor Mendel noʻxat oʻsimligi ustida tajribalar oʻtkazdi (Mendel qonunlari). 1887-yilda Genrix Gers fotoelektrik effektni kashf etdi. 1887-yilda Albert Mishelson va Edvard Morli oʻzining Mishelson-Morli tajribasida yorugʻlik tezligi oʻzgarmasligini koʻrsatdi. 1887-yilda Antuan Bekkerel radioaktivlikni kashf etdi. 1897-yilda J. J. Thomson elektronni kashf etdi.

XX asr

1909-yilda Robert Millikan elektr zaryadining elektron koʻrinishida boʻlishi yaʼni elektron zaryadiga karrali boʻlishini isbotladi. 1911-yilda Ernest Ruzerfordning Ruzerford modeli orqali atomlar asosan boʻshliqdan iboratligi va har bir atomning yadrosi zich va musbat zaryadlanganligini aniqladi 1911-yilda Xayke Kamerlin Onnes yuqori hajmli oʻtkazuvchanlikni topdi. 1914-yilda Jeyms Frank va Gustav Lyudvig Gerts atom ionlanish energiyasining kvantlanishini koʻrsatadigan Frank-Gertz tajribasini oʻtkazdilar. 1919-yilda Artur Eddington quyoshning tortishish obyektivini koʻrsatish orqali nisbiylik nazariyasini isbot qildi. 1920-yilda Otto Shtern va Valter Gerlax zarrachalarning ichki aylanishini koʻrsatadigan Stern-Gerlax tajribasini oʻtkazdilar. 1920-yilda Jon B. Uotson va Rozali Rayner "Kichik Albert tajribasini" oʻtkazdilar. 1928-yildagi Griffitning tajribasi shuni koʻrsatdiki, tirik hujayralar transformatsiya printsipi (mutatsiyaning bir koʻrinishi) orqali oʻzgartirilishi mumkin, keyinchalik bu tirik hujayralar DNK ekanligi aniqlangan. 1934-yilda Enriko Fermi atomni parchaladi. 1935-yildagi Ronald A. Fisherning tajribasi statistikada kombinatorikaga asos boʻldi. 1940-yilda Karl fon Frish asalarilar gullarning joylashishini aniqlash uchun foydalanadigan muloqot „raqs“ini dekodladi. 1947-yilda Jon Bardin va Valter Bratteyn birinchi yaroqli tranzistorni yaratdilar. 1951-yilda Solomon Ash qanday qilib guruhning bosimi yakka odamning xato fikrni qabul qilishga majburlashga qodirligini aniqladi. 1952-yilda Alfred Xershi va Marta Cheys oʻz tajribalari orqali DNKning irsiy material ekanligini isbotladi. 1953-yilda Stenli L. Miller va Xarold C. Ureylar oʻzlarining Miller-Urey tajribalari orqali organik moddalar oʻz-oʻzidan noorganiklardan paydo boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi. 1955-yilda Klayd L. Kovan va Frederik Reines oʻzining neytrino tajribasi orqali neytrino zarrachasini kashf qildi. 1958-yilda Meselson-Stal tajribasi DNK replikatsiyasi (mutatsuyaning bir koʻrinishi) yarim saqlanuvchan ekanligini isbotladi. 1961-yilda Frensis Krik, Sidney Brenner, Lesli Barnett va RJ Uotts-Tobin genetik kodning uchlik tabiatini isbotladilar. 1961-yilda Marshall V. Nirenberg va J. Geynrix Matthei genetik kodning birinchi tabiatini dekodlashdi. 1964-yilda Marshall V. Nirenberg va Filipp Leder genetik kodning qolgan qismini dekodlashdi. 1965-yilda Arno Penzias va Robert Uilson katta portlashning isboti boʻlgan kosmik mikrotoʻlqinli fon radiatsiyasini topdilar. 1967-yilda Kerim Kerimov Kosmos-186 va Kosmos-188ni avtomatik oʻrnatish boʻyicha tajriba oʻtkazdi, natija esa kosmik stansiyalarning rivojlanishiga olib keldi. 1970-yilda Allan va Beatriks Gardner shimpanze Vashoega amerikancha imo-ishora lugʻatini oʻrgatishdi. 1995-yilda Erik A. Kornell va Karl E. Viman Boze-Eynshteyn kondensatini sintez qilishdi.

Manbalar

Turkum:Fan tarixi