Yevro-2020 finali - 2021-yil 11-iyul kuni Angliyaning London shahridagi "Wembley" oʻyingohida boʻlib oʻtdi. Gʻolibini aniqlash uchun boʻlib oʻtgan finalda Italiya va Angliya terma jamoalari maydonga saf tortishdi. Bu toʻrt yilda bir marotaba oʻtkaziladigan UEFA Yevropa chempionatining 16-finali boʻlib, UEFAga aʼzo assotsiatsiyalarning kattalar terma jamoalari Yevropa chempionini aniqlash uchun kurash olib boradi. Oʻyinlar avvaliga 2020-yilning 12-iyulida start olishi koʻzda tutilgan edi. Yevropadagi COVID-19 pandemiyasi sababli oʻyinlar 2021-yilga qoldirildi.

Final bahsini oʻyingohda turib 67,173 kishi, ijtimoiy tarmoq hamda media orqali 328 million kishi kuzatdi. Italiya 1:1 hisobidagi durangdan soʻng penaltilar seryasida birinchi marta finalga chiqqan Angliyani 3:2 hisobida magʻlub etdi. Shu tariqa italyanlar ikkinchi bora Yevropa chempionligini qoʻlga kiritdi. Uchrashuvning ikkinchi daqiqasida angliyalik Luke Shaw hisobni ochdi. Bu gol Yevropa chempionati finalida kiritilgan eng tezkor gol boʻldi. Oʻyinning ikkinchi boʻlim oʻrtalarida italyalik Leonardo Bonucci hisobni tenglashtiradi. Oʻyinning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durrang bilan yakunladi. Qoʻshimcha vaqtlarda ham hisb oʻzgarishsiz qoladi hamda penaltilar seryasiga navbat keladi. Penaltilar seryasida dastlabki ikki zarbadan soʻng Angliya 2-1 hisobida ustunlikka ega boʻldi. Ustunlikni saqlab qola olmagan Angliya terma jamoasi Italiya termajamoasiga yakunda 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchraydi.

Bu Italiyaning 2006-yilgi Jahon chempionatidan keyingi ilk yirik gʻalabasi sifatida tarixda qoldi. Italiya terma jamoasining Yevro bahslaridagi oldingi gʻalabasi 1968-yilda oʻz maydonida kechgan bahlarda kuzatilgan edi. Yevropa chempionligi borasida Italiya ikkita chempionlik bilan Fransiya bilan tenglashib oldi. Bu borada Ispaniya va Germaniyani ortda qoldirdi. Angliya 2004-yilda Portugaliya va 2016-yilda Fransiyadan keyin oʻz maydonida Yevropa chempionati finalida magʻlub boʻlgan XXI asrdagi uchinchi jamoa boʻldi. Oʻyindan soʻng Angliyaning omadsiz penalti tepuvchilari (Marcus Rashford, Jadon Sancho va Bukayo Saka) ijtimoiy tarmoqlarda irqiy haqoratlarga duchor boʻldi. Bu holat Metropoliten politsiyasi tomonidan tekshirildi. Finalda oʻyindan soʻng va oʻyin oldidan yuzaga kelgan tartibsizliklar, janjallar sabab COVID-19 taʼsiri kuchaydi.

Tarixi alt=Henri Delaunay Trophy|thumb| Final oldidan Wembleydagi Henri Delaunay kubogi UEFA Yevro-2020 oʻn oltinchi marta boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Yevropa chempionati boʻlib, UEFA tomonidan 2021-yilning 11-iyunidan 11-iyuliga qadar Yevropaning oʻn bir shaharida, bir-biridan turli mamlakatlarda boʻlib oʻtgan milliy terma jamoalar uchun futbol musobaqasi boʻldi. Saralash bosqichlari 2019-yilning mart-noyabr oylari oraligʻida boʻlib oʻtdi. Saralashda ellik beshta jamoa besh va olti jamoadan iborat oʻnta guruhga boʻlinib, uy-safar tizimida bir-biri bilan bahs olib bordi. Har bir guruhning eng yaxshi ikki jamoasi, UEFA Millatlar ligasining 2018–2019-yilgi natijalari koʻra yetakchilar hamda pley-off oʻyinlarining bir qatori yaxshi natijaga ega toʻrtta jamoa qoʻshimcha oʻrinlarga koʻra final bosqichiga yoʻllanma oldi. Finalda 24 ta jamoa toʻrttadan oltita guruhga boʻlindi. Har bir jamoa oʻz guruhida qolgan jamoalar bilan umumiy hisobda uchtadan oʻyin olib bordi. Guruhlardan yuqori natija koʻrsatgan ikki jamoa va uchinchi oʻrinni egallagan toʻrtta eng yaxshi jamoa pley-off bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

2020-yilda dunyo boʻylab tarqalgan COVID-19 pandemiyasi tufayli turnir Yevro-2020 nomi saqlanib qolgan holda 2021-yilning yoz oyiga koʻchirildi. COVID-19 bilan bogʻliq maxsus qoidalar bilan bir qatorda, UEFA ham dastlab rejalashtirilganidan koʻra koʻproq almashtirishga ruxsat berdi. Ilk bora video yordamchi hakam (VAR) joriy qildi.

Turnirdan oldin Angliya jamoasi Fransiyadan keyin gʻalaba qozonish uchun ikkinchi favorit deb hisoblangan. Italiya ettinchi favorit edi va Evan Bartlett tomonidan „yashirin chempion“ sifatida tasvirlangan. Turnir boshlanishidan oldin eʼlon qilingan FIFA Jahon reytingida ikki tomon (Angliya va Italiya) mos ravishda toʻrtinchi va ettinchi oʻrinlarni egalladi. Shu oʻrinda ikki jamoaning ham FIFA Jahon chempionati gʻolibi ekanligini aytib oʻtish lozim. Italiya toʻrt marta, oxirgi marta 2006-yilda va Angliya bir marotaba, 1966-yilda gʻalaba qozongan. Biroq, Italiya 1958 yildan beri ilk bor musobaqani oʻtkazib yuborgan holda 2018-yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmadi. Angliya esa turnirda toʻrtinchi oʻrinni egallab, 1990-yildan beri eng yaxshi natijani qayd etdi. Italiya mezbon sifatida 1968 yilda Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi; Angliyaning musobaqadagi eng yaxshi koʻrsatkichi 1968 va 1996 yillarda ikki marta yarim finalga chiqish boʻldi. Oldingi Yevropa chempionatida Italiya Germaniyaga penaltilar seriyasida chorak finalda chiqib ketgandi, Angliya esa yangi kelgan Islandiyani magʻlubiyatga uchratib, 1/8 finalga chiqdi.

Italiya bungacha Yevropa chempionatining uch bora finalida ishtirok etgan. Ilk finalda 1968-yilda Yugoslaviyani takroriy oʻyindan soʻng magʻlub etishdi. Keyingi finalda 2000-yilda Fransiyaga oltin gol evaziga magʻlub boʻlishdi. Nihoyat 2012-yilda oʻsha vaqtdagi amaldagi jahon chempionlari Ispaniya terma jamoasiga magʻlub boʻlishdi. Italya terma jamoasi finalga qadar 33 oʻyinlik magʻlubiyatsiz seriya yetib borishdi. Bu natija xalqaro futbol tarixidagi 35 oʻyinlik Braziliya (1993–1996) va Ispaniya (2007–2009) dan keyin uchinchi eng uzun magʻlubiyatsiz oʻyinlar seryasi boʻldi. Bu oʻyinga qadar oxirgi marotaba Portugaliyaga 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan. Magʻlubiyat 2018–2019-yilgi UEFA Millatlar Ligasi oʻyinlari doirasida 2018-yil 10-sentabr kungi oʻyinga toʻgʻri keladi. Italiya ham 27 oʻyindan iborat magʻlubiyatsiz seriyaga ega edi. Bu borada Ispaniyaning 2010-yildan 2013-yilgacha boʻlgan 29 oʻyinlik magʻlubiyatsiz seriyasidan ortda qoldi.

Final Angliya uchun 1966 yilgi Jahon chempionatidan keyingi yirik turnirdagi birinchi, ular erishgan yagona final edi. Angliya 2004-yilda Portugaliya va 2016-yilda Fransiyadan keyin mezbon sifatida Yevropa chempionati finalida ishtirok etgan XXI asrning uchinchi davlatiga aylandi. Oldingi ikkala mezbon ham oʻz uyida kechgan finallarda magʻlubiyatga uchragan. Portugaliya Gretsiyaga qarshi, Fransiya esa Portugaliyaga qarshi oʻyinda magʻlubiyatga uchragan. Bunga qadar XX asrda uchta mezbon davlat finalga yoʻl olishgan. Ularning barchasi gʻalaba qozondi. 1968-yilda Italiya, 1964-yilda Ispaniya va 1984-yilda Fransiya. Final Londonda boʻlib oʻtganiga qaramay, Italiya maʼmuriy maqsadlarda „mezbon jamoa“ edi.

Angliya va Italiya bungacha 27 marta toʻqnash kelishgan. Jamoalarning ilk toʻqnashuvi 1933-yilda Rimda boʻlib oʻtgan va unda 1:1 hisobidagi durang bilan yakun topgan. Finalga qadar ushbu uchrashuvlarning oʻntasida Italiya gʻalaba qozongan boʻlsa, sakkiztasida Angliya, toʻqqiztasida durang qayd etilgan. Ularning eng soʻnggi uchrashuvi 2018-yilda Londonda oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib, 1:1 hisobi kuzatildi. Italiya yirik turnirlardagi toʻrtta raqobatbardosh uchrashuvning uchtasida gʻalaba qozondi. Bulardan: UEFA Yevro-1980 guruh bosqichida, 1990-yilgi FIFA Jahon chempionatining uchinchi oʻrin uchun pley-off bosqichida va 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati guruh bosqichida. UEFA Yevro-2012 chorak finalida esa durang natija bilan yakunlandi. Yakunda penaltilar seriyasida Italiya gʻalaba qozondi. Angliya taxminlarga koʻra oʻyindan oldingi favorit sifatida koʻrildi.

Final boʻlib oʻtgan joy alt=Wembley Stadium|thumb| Final oʻtkaziladigan Londondagi "Wembley" stadioni Final oʻyini Londondagi "Wembley" stadionida boʻlib oʻtdi. 2012-yilning 6-dekabrida UEFA Yevropa chempionatining 60 yilligiga bagʻishlab turnir Yevropaning koʻplab shaharlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgandi. „Wembley“ 2014-yil 19-sentabrda UEFA vakillari tomonidan yarim final va final oʻyinlari uchun tanlangan. Myunxendagi "Allianz Arena" oʻyingohining finalni qabul qilish taklifi rad etilgandan keyin asosiy tanlov sifatida qaraldi. UEFA vakillari tomonidan 2017-yilning 7-dekabrida Bryusselda boʻlishi kerak boʻlgan oʻyinlarni oʻyingoh taʼmirlash ishlari yakuniga yetmagani bois bekor qilindi. Dastlab Bryusselda oʻtkazilishi rejalashtirilgan toʻrtta oʻyin (uchta guruh bosqichi va nimchorrak final) qayta taqsimlandi. Natijada, „Wembley“ oʻyingohida boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan yettita oʻyin bittaga oshdi. 2021-yilning 23-aprelidagi qarorga koʻra COVID-19 pandemiyasi tufayli tomoshabinlarning tashrif buyurishini taʼminlay olmaganligi bois Dublin shahrida rejalashtirilgan oʻyinlar ham qayta koʻrib chiqildi. Shu tariqa „Wembley“ oʻzida toʻqqizta oʻyin, bular orasida turnir finalini ham oʻzida qabul qilishi kelishib olindi.

„Wembley“ stadioni 2007-yilda qurilgan boʻlib, 2002-2003-yillarda buzilgan „Empire Stadium“ oʻrnida tashkil etilgan. Oʻyingoh Futbol assotsiatsiyasiga (FA) tegishli boʻlgan Angliyaning milliy stadioni sifatida xizmat qilgan. Ilgari Empire Stadium nomi bilan tanilgan asl stadion 1923-yilda ochilgan. 1966-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida oʻyinlarga mezbonlik qilgan. Turnir finalida mezbon Angliya Gʻarbiy Germaniyani qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng 4:2 hisobida magʻlub etgan. UEFAning Yevro-1996 turnirida ham final oʻyiniga mezbonlik qiladi. Finalda Germaniya Chexiyani magʻlub etdi. Wembley har yili Angliya kubogi finaliga ham mezbonlik qiladi. Budapeshtdagi „Puskás Aréna“ final oʻyinini oʻtkaza olmasa, „Wembley“ oʻrniga asosiy nomzod sifatida koʻrildi. UEFA finalni „Wembley“ qabul qilishi uchun shartlar qoʻydi. 22-iyun kuni Britaniya hukumati Londondagi COVID-19 pandemiya qoidalariga stadion sigʻimining 75 foizidan foydalanishga ruxsat berdi. Shunda umumiy sigʻimning 75 foizi 60 000 tomoshabinni tashkil etardi. Bu pandemiya davridagi katta sigʻimlardan biri sifatida qaraldi. Oʻyinni tomosha qilish uchun Italiyadan 1000 nafargacha muxlisga uchib kelishi uchun maxsus ruxsat berildi. Italiyadan kelgan muxlislar uchun maxsus shartlar qoʻyildi. Ular kelishdan oldin COVID-19 uchun sinovdan oʻtish, mamlakatda 12 soatdan ortiq boʻlmaslik, maxsus transportdan foydalanish va oʻyingohda alohida oʻrindiqlarda boʻlishi koʻzda tutilgan edi.

Finalgacha yoʻl

Italiya +Italiyaning finalgacha boʻlgan yoʻli Raqib Natija Turkiya 3–0 Shveysariya 3–0 Uels 1–0 Avstriya 2–1 (qoʻshimcha) Belgiya 2–1 Ispaniya 1–1 (4–2 penalti) Italiya saralash oʻyinlarning barchasida gʻalaba qozonib „J“ guruhi gʻolibi sifatida turnirda qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. Shveysariya, Turkiya va Uels bilan birgalikda „A“ guruhidan joy oldi. Italiya guruhning uchta oʻyinini ham Rimdagi "Olimpico" stadionida oʻtkazdi. Turnirni Italiya Turkiya ustidan 3:0 hisobidagi gʻalaba bilan boshladi. Turkiyalik himoyachi Merih Demiral 53-daqiqada avtogol kiritib italiyaliklarni oldinga olib chiqdi. Ciro Immobile va Lorenzo Insigne esa yana ikkita gol urishga muvaffaq boʻldi. Guruhning ikkinchi oʻyinida Italiya Shveysariyani ham 3:0 hisobida magʻlub etdi. Manuel Locatelli ikkita gol urdi va Immobile soʻnggi golni urdi. Oʻyinda Giorgio Chiellinining jarohat olishiga qaramay Italiya 1/8 finalga yoʻl oldi. Guruhdagi uchinchi oʻyinda Italiya Uelsni 1:0 hisobida magʻlub etdi. Birinchi boʻlimda Matteo Pessina yagona gol urdi va jamoa guruh bosqichini mukammal natija bilan yakunladi. Natijada Italiya Yevropa chempionati tarixida guruh bosqichi oʻyinlarida gol oʻtkazmasdan gʻalaba qozongan yagona jamoa boʻldi.