thumb|right|200px thumb|right|200px|Uchar Lagʻmon Jonivori ramzi. Xristianlikning ixtis ramziga parodiya. Uchar lagʻmon jonivori — pastafarianizm yoki Uchar lagʻmon jonivori cherkovi deb ataluvchi parodiya din xudosiNew York Times maqolasi. Ushbu din 2005-yili Oregon Davlat Universiteti fizika fakulteti bitiruvchisi Bobby Henderson tomonidan Kanzas shtati Xalq Taʼlimi boʻlimining maktablarda evolutsiya nazariyasi bilan birgalikda aqlli loyihani oʻqitish haqidagi qaroriga norozilik sifatida yaratildi. Xalq Taʼlimi boʻlimiga yozgan ochiq xatida Henderson olamni yaratgan, Uchar Lagʻmon Jonivori deb ataluvchi, lagʻmon hamda goʻshtdan iborat „Yaratuvchi“ borligini eʼtirof etadiHendersonʼning maktubi. Agar dunyoni Xudo yaratgani maktabda oʻqitiladigan boʻlsa, „Pastafarianizm“ ham oʻqitilishi zarurligini uqtiradi. Chunki bu din boshqa dinlaridan hech ham qolishmaydiWashington Post maqolasi.
Uchar Lagʻmon Jonivori ateist va agnostiklar tomonidan Russell choynagining zamonaviy shakli oʻlaroq argument sifatida ishlatiladiWired News maqolasi.
Henderson: „Mening din bilan muammom yoʻq. Muammo shundaki, din oʻzini fan qilib koʻrsatmoqda. Agar xudo bor va u aqlli boʻlsa, u holda menimcha uning mutoyiba hissi ham boʻladi“, deganUchar Lagʻmon Jonivori Cherkovi.
2011-yili avstriyalik ateist Niko Alm shaxsni tasdiqlovchi hujjat uchun suratga boshiga „diniy bosh kiyim“ sifatida chovgi kiyib tushish huquqiga erishdi. Alm bu ishni boshqa dindagilar shunday suratlarga boshiga hijob, kipa kiyib tushayotganiga javob sifatida qilganini izohladi.
Yana qarang Parodiya din Ateizm Russell choynagi
Manbalar
Havolalar Uchar Lagʻmon Jonivori cherkovi sayti
Turkum:Falsafa Turkum:Dinlar