The Beatles yoki Beatles (talaffuzi: Bitlz) — ingliz vokal cholgʻu ansambli. Rok musiqasi asoschilaridan. 1950-yillar oxirida Liverpulda kvartet tarzida tashkil etilgan. Asarlarni asosan P. Makkartni bilan J. Lennon ijod qilgan. „B.“ dastlab oʻyinbop (sheyk, tvist kabi roknroll usullariga asoslangan) qoʻshiqlarni ijro etgan. Keyinchalik, kelt folklori, ingliz balladasi uslublari hamda zamonaviy ritmlardan ijodiy foydalanib, oʻziga xos uslub yaratgan. 1966-yilgacha jahon boʻylab katta sahnalarda (hatto stadionlarda ham) konsertlar bergan. 1967-yildan boshlab asosan ovoz yozish studiyalarida ishlab, 10 dan oshiq gramplastinka chiqargan, 3 filmga musiqa yozgan. 1970-yilda tarqalib ketgan. „B.“ guruhi rokmusiqasi rivojiga muhim hissa qoʻshib, uni oʻyinkulgi, maishat doirasidan sanʼat darajasiga koʻtarganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

The Beatles AQShda eng koʻp sotiladigan albomlar chiqargan. Buyuk Britaniyada The Beatles’ning 40 dan ortiq turli singllari va albomlari chartlarda birinchi oʻrinlarga chiqqan. EMI leybl kompaniyasiga koʻra, 1985 yilgacha dunyoda The Beatles’ning bir milliarddan ortiq disk va kassetalari sotilganThe Beatles — Biography. 2004 yili Rolling Stone jurnali The Beatles’ni 100 nafar Eng Buyuk Artistlar roʻyxatida birinchi pogʻonaga loyiq koʻrdi. Ularning musiqiy faoliyati XX asr madaniyatini shakllantirdi.

Diskografiya Guruhning Buyuk Britaniyada chiqarilgan asosiy studiyaviy albomlari YilNomiMaʼlumot1963Please Please MeStudiyaviy albom1963With The BeatlesStudiyaviy albom1964A Hard Day's NightStudiyaviy albom; xuddi shunday nomlangan filmga saundtrek1964Beatles For SaleStudiyaviy albom1965Help!Studiyaviy albom; xuddi shunday nomlangan filmga saundtrek1965Rubber SoulStudiyaviy albom1966RevolverStudiyaviy albom1967Sgt. Pepper's Lonely Hearts Club BandStudiyaviy albom1967Magical Mystery TourStudiyaviy mini albom (2 ta plastinka), albom bilan bir xil nomlangan film uchun tarona1968The BeatlesStudiyaviy albom (2 ta plastinka), „White Album“ („Oq Albom“) nomi bilan mashhur1969Yellow Submarine Studiyaviy albom; xuddi shunday nomlangan filmga saundtrek1969Abbey RoadStudiyaviy albom1970Let It BeStudiyaviy albom; xuddi shunday nomlangan filmga saundtrek

Havolalar The Beatles rasmiy sayti

Manbalar

* Turkum:Ingliz musiqiy guruhlari Turkum:Musiqa Turkum:Brit mukofoti sovrindorlari Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar