Jared Joseph Leto (; 1971-yil 26-dekabrda tugʻilgan) — amerikalik aktyor va 30 Seconds to Mars musiqiy guruhining vokalchisi. Oscar va Oltin globus mukofotlari sovrindori.
thumb|right|upright|Leto (chapda) va uning ukasi Shannon (2009) thumb|right|upright|Leto My So-Called Life (1995) press-konferensiyasida. thumb|right|upright|Leto (2006) thumb|right|upright|Leto Mr. Nobody filmi premyerasida.
Yoshligi Jared Leto 1971-yil 26-dekabrda Luiziana shtatining Bossier City shahrida tugʻilgan. Sanʼatga boʻlgan ishtiyoqi unda onasi Constance Leto (qizlik familiyasi Metrejon) tufayli paydo boʻlgan. Onasi Leto va uning ukasi Shannonni har tomonlama qoʻllar edi. Leto faol va oʻziga ishongan bola boʻlib oʻsadi. 12 yoshida u Virjiniyadagi kichik ovqatlanadigan joyda idish yuvuvchi boʻlib ishga kiradi, 16 yoshida esa shveysarlik qilar edi. Hayotining ilk yillarida Leto oilasi bilan koʻp sayohat qilardi, u Gaiti va Koloradodagi kommunada yashashga ulgurgan. „Onamning otasi havo harbiy kuchlari tarkibiga kirar edi“, — aytadi Leto, — „shuning uchun koʻchmanchilik hayoti odatiy hol edi“. Maktabni tugatish paytiga kelib, Leto oʻz hujjatlarini Filadelfiyadagi sanʼat universitetiga topshiradi va u yerga qabul qilinadi. U tasviriy sanʼat yoʻnalishini tanlaydi. Vaqt oʻtib, Leto hujjatlarini olib ketib, Nyu-Yorkdagi tasviriy sanʼat universitetiga oʻtadi. Talabalik paytida Leto oʻzi ssenariy yozadi va oʻzining filmi Crying Joyda bosh rollardan birini ijro etadi.
Karyerasi Karyerasining boshlanishi Leto aktyor boʻlish uchun 1992-yili Nyu-Yorkdan Los-Anjelesga koʻchib oʻtadi. Leto aktyorlik karyerasida ancha-muncha tajriba orttirgan edi, ammo haqiqatdan esda qolarli va yorqin rol boʻlib, uning uzoq davom etmaydigan My So-Called Life („Mening aytarli hayotim“) serialida Jordan Catalanoning roli boʻladi (bu serialda u Claire Danes bilan oʻynaydi). Claire Danesning xohishlar va sevgi hijroni obyektini oʻynab, Jared Leto oshayotgan ommaviyligi bilan huzurlanadi. 1996 va 1997-yillari Leto People jurnalining „Dunyoning eng chiroyli 50 kishisi“ roʻyxatiga kirar edi. Serial tugaganida, u filmlarda suratga tushishni boshladi.
Mashhurlik 1994-yili Alicia Silverstone bilan birgalikda mustaqil film — Cool and the Crazyda suratga tushganidan soʻng, uning katta ekrandagi birinchi roli How to Make an American Quilt (1995) boʻladi. U yerda Jared Winona Ryder bilan birga oʻynaydi. Soʻng u The Last of the High Kings (1996) filmida Christina Ricci bilan birgalikda bosh rollardan birini ijro etadi.
Jared Leto — bugun Jared katta ekranga 1999-yili Fight Club va Girl, Interrupted filmlaridagi ishlari bilan qaytdi. 2000-yil Jared uchun psixologik trillerlar yili boʻldi — American Psycho va Requiem for a Dream. Birinchi filmda Jared ikkinchi darajali rolga tasdiqlangan boʻlsa, „Rekviem…“da unga bosh rolni berishadi. Geroinga oʻrganib qolgan bruklinlik yigitchani oʻynab, Leto afsonaviy Ellen Burstyn va Oscar mukofotining boʻlajak sohibi Jennifer Connelly bilan bir aktyorlik tarkibida boʻladi. Navbatdagi filmlar — Bugi stilidagi tun, Botish chizigʻi va Tarantinoning Shossesi videoprokatning tahlamlariga tez boradi. Jared David Fincherning eng mashhur ikki filmida: shov-shuvli Fight Club va Panic Room (2002) juda qoʻl keladi. Ikkinchi filmda u Jodie Fosterni terrorlagan uch bosqinchidan eng koʻp gapiradigan va besoʻnaqayini oʻynaydi. Uning oxirgi proyektlariga Oliver Stonening epopeyasi Alexander, xalqaro triller Lord of War va John Lennonning qotili — Mark Chepmen haqidagi Chapter 27 filmi kirdi.
Jared Leto, shuningdek, oʻzi va ukasi Shannon 1998-yili asos solgan 30 Seconds to Mars alternativ rok-guruhining vokalchisidir. Hozirgi vaqtda guruhda 4 ishtirokchi: Jared — musiqa va qoʻshiqlar muallifi va gitara, Shannon — barabanchi, Matt Wachter — bas-gitara va Tomo Miličević — gitara. Ularning birinchi albomi 2002-yili yozilgan va guruh nomi bilan atalgan. Ikkinchi albom — A Beautiful Lie 2005-yili chiqqan.
Filmografiyasi Nom Yil Aktyor Rejissyor Prodyuser Rol Izohlar How to Make an American Quilt 1995 Beck 1996 Prefontaine 1997 Steve Prefontaine Switchback 1997 Basil 1998 Basil Urban Legend 1998 1998 Black and White 1999 Casey Fight Club 1999 Angel Face Girl, Interrupted 1999 American Psycho 2000 Requiem for a Dream 2000 Sunset Strip 2000 Sol Goode 2001 Rock Star Wannabe Highway 2002 Panic Room 2002 Junior Phone Booth 2002 Bobby Bu sahna olib tashlangan Alexander 2004 Hephaestion Hubert Selby Jr: It/ll Be Better Tomorrow 2005 Oʻzi Lord of War 2005 Lonely Hearts 2006 Chapter 27 2007 Mr. Nobody 2009 TT3D: Closer to the Edge 2011 Sharhlovchi Ovoz bergan Artifact 2012 Oʻzi Dallas Buyers Club 2013 Rayon Jeremy Scott: The People's Designer 2015 Oʻzi Holy Hell 2016 — Suicide Squad 2016 Joker 2036: Nexus Dawn 2017 Qisqa metrajli film Blade Runner 2049 2017 The Outsider 2018 A Day in the Life of America 2019 — The Little Things 2021 Zack Snyder's Justice League 2021 Joker House of Gucci 2021 MGM’s Ridley Scott Lady Gaga Gucci Film Eyes Robert De Niro, Jared Leto, Al Pacino, Adam Driver, Jack Huston & Reeve Carney Morbius 2022 Haunted Mansion 2023 Ovoz bergan
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Amerikalik erkak modellar Turkum:Amerikalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Amerikalik erkak ovoz aktyorlari Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik gitarachilar Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqnavislar Turkum:Amerikalik kinoprodyuserlar Turkum:LGBT huquqlari faollari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar