Ravil Galimov (; 1967-yil, Denov) Surxondayo futbol maktabi tabiyalanuvchisi va uzoq yillar Termizning „Surxon“ klubida oʻynagan. Yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Ravil dastlab Denov sport maktabida tahsil olgan. 1970-yil Denov yoshlar terma jamoasi murabbiyi Lavrentiy Avanesov Ravil Galimovni tarkibga qoʻshib olgan. Ittifoq mintaqalarida tashkil etilgan „Charm toʻp“ turnirida ishtirok etgan Denov yoshlar terma jamoasi, viloyatda birinchi oʻrinni egallagan va Navoiy shahrida boʻlib oʻtgan Respublika turnirida ishtirok etgan.
1973-1974-yillar Ravil Galimov viloyat futbol terma jamoasi safidan joy egallagan. Ravil Galimov talabalik davridayoq Termizning „Avtomobilist“ futbol jamoasi oʻrinbosarlari tarkibida oʻynay boshlagan. Oʻshanda „Avtomobilist“ jamoasi sobiq SSSR chempionatlarining 2-ligasi 7-mintaqasida ishtirok etgan.
1976-yilning noyabr oyida Ravil Galimov harbiy xizmatga chaqirilgan. Xizmat davrida ham u oʻz kasbini davom ettirgan holda Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg)ning Gatchina shahar terma jamoasi tarkibida oʻynagan.
Ravil Galimov professional futboldagi faoliyatini 1984-yilda yakunlagan.
Manbalar
Havolalar
Ravil Galimov Transfermarkt saytida
Turkum:Denovda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Surxondaryo viloyati kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Qarshistroy futbolchilari Turkum:SSSR ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:1967-yilda tugʻilganlar Turkum:1-yanvarda tugʻilganlar