Nadia Murad Basei Taha ( ; ) 1993-yil 10-martda tugʻilgan – Germaniyada yashovchi yazidiy inson huquqlari himoyachisi. 2014-yilda u tugʻilib oʻsgan shahri Kochodan oʻgʻirlab ketilgan va Iroq va Shom Islom Davlati tomonidan uch oy ushlab turilgan.

Nadia Murad „Genotsidlar, ommaviy vahshiyliklar va odam savdosi qurboni boʻlgan ayollar va bolalarga oʻz hayotlari va atrof-muhitlarini sogʻlomlashtirish va tiklash uchun yordam berishga“ bagʻishlangan jamiyat asoschisi hisoblanadi.

2018- yilda Nadia Murad va Denis Mukvege birgalikda „ jinsiy zoʻravonlikni urush va qurolli toʻqnashuv quroli sifatida qoʻllashni tugatishga qaratilgan qarshi kurashlari uchun“ Nobel mukofotiga sazovor boʻlishdi. U Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan birinchi iroqlikdir.

2016-yilda Nadia Murad Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining (UNODC) inson savdosidan omon qolganlarning qadr-qimmati boʻyicha birinchi boshqarma elchisi etib tayinlandi.

Bolalik davri Murad Iroqning Sinjar tumanidagi yazidiylar yashaydigan Kocho qishlogʻida dunyoga kelgan. Uning oilasi kichik yazidi fermerlaridan boʻlgan.

Murad oilada 11 ta farzandning eng kichigi edi, toʻrtta katta opa-singillarini hisobga olmaganda. Murodning otasi birinchi xotini vafotidan soʻng, Murodning onasiga uylanadi, birinchi xotinidan toʻrt farzandi qolgandi. Uning ota-onasi ham dindor yazidiy edilar, ammo Murad oʻsib ulgʻayotgan davrlarida din haqida koʻp narsa bilmas edi. Muradning otasi 2003-yilda vafot etgan.

Murad bolalik chogʻlaridanoq shaxsiy sartaroshxonaga ega boʻlishni orzu qilgan. U oʻz uyiga shunchalar bogʻlanib qolganidan, Kochoni tashlab boshqa joyda yashashni hech qachon tasavvur qilmagan edi.

Oilasi 2018-yil 19-avgustda Germaniyada Nadia Murad inson huquqlari faoli boʻlgan Abid Shamdeen bilan turmush qurgan. Manbalar

Turkum:Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Ayollar Nobel mukofoti laureatlari