Francisco José de Goya y Lucientes (; 30-mart 1746, Fuendetodos, Saragosa yaqinida — 16-aprel 1828, Bordo) — ispan rassomi. Madrid Badiiyot akadimyasi aʼzosi (1780). 1786-yildan saroy rassomi, 1799-yildan qirolning bosh rassomi. Saragosada (X. Lusanimartinesdan) va Italiyada (1769—71) taʼlim olgan. Goyaning erksevar sanʼati oʻzining dadilligi, joʻshqin ehtirosi, ijtimoiy yoʻnalishi bilan ajralib turadi. 1773-yildan Madridda yashagan. F. Baye ustaxonasida ishlagan, qirol shpaler manufakturasi uchun 60 dan ortiq namoyon (kartina)lar yaratgan. 1780-yillar boshidan portretchi sifatida shuhrat qozonadi, asarlarida hashamatlilik oʻrnini asta-sekin sirlilik, dilkashlik, yengil kinoya egallaydi ("Markiza Solan portreti", 1792; "Gersogina Alba portreti", 1795; "Qirol Karl IV oilasi", 1800 va boshqalar); devoriy rasmlarida diniy mavzularni hayotiy koʻrinishlar tarzida ifodalaydi (San Antonio de la Florida cherkovi kapellasi, 1798, Madridda; Karning uyi, 1820—23 va boshqalar). Grafika asarlarida Goyaning ulkan isteʼdodi namoyon boʻldi ("Kaprichos" turkumi, 80 varakda rassomning izohli matni bilan, 1797—98; "Urush ofatlari" turkumi, 22 varaqda, 1810—20 va boshqalar), yirik kartinalari ("1808-yil 2 dan 3 mayga oʻtar kechasi qoʻzgʻolonchilarni otib oʻldirish"; "Madriddagi 1808-yil 2 may qoʻzgʻoloni", ikkalasi ham taxminan 1814 va boshqalar)da davrining eng muhim voqealarini yorqin aks ettiradi. Goya ijodi umumevropa badiiy madaniyatiga kuchli taʼsir koʻrsatgan, bu taʼsir XX asrgacha sezilib turadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

thumb|200px|2 may 1808-yil thumb|200px|Karl IVning oilasi

Adabiyotlar Cardera, Valentin. Biografia de D.Francisco Goya, pintor. El Artista, 2 1835 El Libro de Los. CAPRICHOS. Francisco de Goya. Мадрид. 1999. Mayer A., Francisco de Goya, Munch., 1923; Klingender F. D., Goya in the democratic tradition, L., 1948, 2 ed., N. Y., 1968; Sanchez Canton F. J., Vida у obras de Goya, Madrid, 1951; Holland V., Goya. A pictorial biography, L., 1961; Harris Т., Goya. Engravings and litographs, v. 1-2, Oxf., 1964: Wyndham Lewis D. B., The world of Goya. L., 1968: Gudiol J., Goya, L. — N. Y., 1969; Goya. Konigliche Gemaldegalerie «Mauritshuis». Katalog, Haag, 1970. Прокофьев В. Н. «Королевские портреты» Гойи 1799–1801 гг. // Античность. Средние века. Новое время. Проблемы искусства. М., 1977. Прокофьев В. Н. Великий художник XIX века. К 150-летию со дня смерти Гойи // «Искусство», 1978, № 9. Прокофьев В. Н. «Махи» Гойи или «Венера-цыганка» // Искусство Западной Европы и Византии. М., 1978. Прокофьев В. Н. Гойя. Росписи церкви Сан Антонио де ла Флорида // Панорама искусств `78. М., 1979. Фейхтвангер Л., Гойя.

Havolalar Fransisko de Goya. Kartinalar va biografiya Francisco de Goya - Zoomable Paintings Francisco de Goya's Paintings

Manbalar

Turkum:Rassomlar