thumb| Dasturdagi xatoliklarni toʻgʻirlash uchun ishlatilgan rezina oʻrdak Dasturiy taʼminot muhandisligida, rezina oʻrdak metodi (ingl. rubberducking) – bu ogʻzaki yoki yozma tilda muammoni qayta ifodalash orqali koddagi muammoni tuzatish usuli. Ushbu atama „Pragmatik dasturchi“ kitobidagi hikoyadan olingan boʻlib, unda dasturchi rezina oʻrdakni olib, undan koddagi har bir satrni izohlab berishni soʻraydi p. 95, footnote. .

Yondashuv Koʻpgina dasturchilar muammoni boshqalarga, ehtimol, hatto dasturlash haqida tajribasi yoʻq shaxslarga tushuntirishgan va keyin muammoni tushuntirish jarayonida yechimiga duch kelishgan. Kodning nima qilishi kerakligini tasvirlab, uning aslida nima qilayotganini kuzatishda, bu ikkalasi oʻrtasidagi har qanday xatoliklar koʻrinadi.. Ushbu jarayonda jonsiz oʻyinchoqdan foydalangan holda dasturchi boshqa hech kimni aralashtirmasdan va tinglovchilarsiz, oʻz-oʻziga gapirib berish orqali yaxshiroq natijalarga erishganlar. Ushbu yondashuv kompyuter fanlari va dasturiy taʼminot muhandisligi kurslarida oʻqitiladi.

Zamonaviy olamda 2018-yil 1-aprel kuni Stack Exchange oʻz veb-saytida Quack Overflow nomli yangi „xususyatlar“ sifatida Kulgi kunida hazil sifatida rezina oʻrdak avatarini namoyish etdi. Brauzer sahifasining oʻng-pastki burchagida paydo boʻlib, tashrif buyuruvchilarga dasturlash muammolarini tinglab, ularga yechimlar bilan javob berish orqali yordam berishga harakat qildi. Biroq, oʻrdakcha shunchaki bir necha marta yozishdan keyin „quack, quack, quack“ tovushini chiqardi. Yana qarang

Suqrot metodi

Manbalar

Tashqi havolalar

Rezina oʻrdak yordamida xatolarni bartaraf etish

Turkum:Dasturiy taʼminot Turkum:Falsafa Turkum:Dasturlash paradigmalari