Al-Muraysi gʻazoti () milodiy 627-yilning dekabr oyida musulmonlarning Banu Mustaliq qabilasiga qarshi yurishi hisoblanadi.

Dastlabki hujum Islomiy manbalarga koʻra, Banu Mustaliq qabilasi musulmonlarga qarshi Uhud jangida Qurayshni qoʻllab-quvvatlagan va ularning safiga qoʻshilgan. Qabila vakillari Makkaga olib boradigan asosiy yoʻlni boshqargan, bu esa musulmonlarning shaharga yetib borishlariga toʻsqinlik qilgan.

Muhammad Zu Qarod gʻazotidan qaytganidan ikki oy oʻtib, Banu Mustaliq qabilasi unga hujum qilishga hozirlik koʻrayotgani haqidagi mish-mishlarni eshita boshlaydi. Ushbu maʼlumotning haqiqiy yoki yolgʻon ekanligini aniqlash maqsadida Muhammad Burayda ibn al-Hasib al-Aslamiy ismli kishini yuboradi. Bu paytda Banu Mustaliq ham Muhammadning ularga qarshi hujum qilishga tayyorlanayotganiga ishongan edi. Shuning uchun ular ham musulmonlar tomonga oʻz aygʻoqchilarini yuboradi, biroq ularning odamlari musulmonlar tomonidan qoʻlga olinib, oʻldiriladi.

Banu Mustaliq qabilasi aʼzolari qarshi tomonni eʼtiborsiz qoldirib, chorva mollariga suv ichirayotgan paytda musulmonlar ular tomonga hujum qiladi. Banu Mustaliq qabilasiga hamroh boʻlgan arablar bu voqeadan xabar topgach, jon saqlash maqsadida qochib ketishadi. Yurish davomida xalifa Abu Bakr Siddiq muhojirlar qoʻmondoni, Saʼd ibn Uboda esa ansorlar qoʻmondoni etib tayinlangan edi. Ikki qoʻshin dengiz boʻyida, Makkadan bir oz uzoqlikda joylashgan al-Muraysiy nomli quduq yaqinida bir-biriga qarshi kurash olib boradi. Ular bir soat davomida kamondan oʻq uzib bilan jang qilishadi. Musulmonlar kamon oʻqlariga qarshi tezlik bilan oldinga siljib borishadi, ular Banu Mustaliq qabilasi vakillarini oʻrab olishadi va butun qabila oilalari, podalari va qoʻylarini asirga olishadi. Jang musulmonlarning toʻliq gʻalabasi bilan yakunlanadi.

Ali ibn Abu Tolib yaralangan bir necha Banu Mustaliq vakillarini oʻldiradi. Ular orasida Molik va uning oʻgʻli ham bor edi.

Bundan tashqari 200 oila asirga olinadi, 200 ta tuya, 5000 ta qoʻy, echki, shuningdek, katta miqdordagi uy-roʻzgʻor buyumlari oʻlja qilib olinadi. Olingan uy-roʻzgʻor buyumlari keyinchalik talabgorlar orasidan eng koʻp narx qoʻygan kishilarga sotiladi.

Ammo jangda shunday bir voqea yuz beradiki, Uboda ibn al-Somit oʻzining ansoriy urugʻdoshlaridan biri Hishom ibn Subabohni dushman vakillaridan boʻlgan Hishom deb oʻylab, beixtiyor oʻldirib qoʻyadi.

Yana qarang

Muhammadning yurishlari roʻyxati Muhammadning harbiy faoliyati Muhammadning harbiy faoliyati

Manbalar

Turkum:Muhammad boshchiligidagi yurishlar Turkum:627