Hasanxon qori jome masjidi — Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan masjid. Masjid Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan. U Oʻzbekistondagi ilk noananaviy va hay-tek uslubida qurilgan masjiddir.

Shuningdek, bino ichida kutubxona va zarur xonalar, mahalliy hamda sayohatchi boʻlib kelgan ayol kishilar uchun tahoratxona hamda namozxona mavjud. Masjid bir vaqtning oʻzida jami 4,000 nafar namozxonga xizmat koʻrsata oladi.

Manbalar

Turkum: Chilonzor tumanidagi masjidlari Turkum:Toshkent arxitekturasi Turkum:Toshkentdagi masjidlar