Zulxalasaning vayron qilinishi () – milodiy 632-yilning aprel va may oylarida, islomiy taqvim boʻyicha hijriy 10-yilda sodir boʻlgan. Manbalarda Zulxalasa () baʼzi arab qabilalari tomonidan diniy tasvir va maʼbad sifatida eʼzozlangan. Islom paygʻambari Muhammad sahoba Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliyni ushbu haykalni va uning atrofidagi ziyoratgohni vayron qilish uchun yuborgan.

Tarixi Zulxalasa atamasi, odatda, maʼbadning nomi sifatida qabul qilinadi, chunki unga sigʻingan qabilalar uni Yaman Kaʼbasi deb atashgan. Qadimgi maʼlumotlarga koʻra, u yerda ham maxsus sajda qilinadigan xudoning nomi boʻlganRobertson Smith, William (2010). Kinship and Marriage in Early Arabia. Forgotten Books. p. 297. ISBN 978-1-4400-8379-2.. Zulxalasa soʻzi poklik, poklanish, ozod qilish, tozalash, qutqarish kabi maʼnolarni anglatadi.

Harbiy boʻlinma „Sahihi Buxoriy“da yozilishicha, Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliy 150 otliq bilan ZulxalasaDermenghem, Émile (1930). The life of Mahomet. G. Routledge. p. 239. ISBN 978-9960-897-71-4. tomon otlanib, „Yaman Kaʼbasi“ni vayron qilganMuir, William (August 1878). The life of the holy prophet. Kessinger Publishing. p. 219..

Hishom ibn al-Kalbiy Jarir ibn Abdulloh Zulxalasaga borganida qarshilikka uchraganini aytadi. Uning boshchiligidagi musulmonlar „Bajila, uning qoʻriqchilari va koʻplab Xasʼamlardan“ 100 kishi va „Banu-Qubofa“ qabilasidan yana 200 kishiga qarshi jang qilib, gʻalaba qozonishgan. Magʻlubiyatga uchragan qabila vakillari qochishga majbur boʻlgach, ular Zulxalasa ustidagi binoni buzib, unga oʻt qoʻyganGlasse, Cyril (28 January 2003). The new encyclopedia of Islam. US: AltaMira Press. p. 251. ISBN 978-0-7591-0190-6..

Yana qarang Muhammadning yurishlari roʻyxati

Manbalar

Turkum:632 Turkum:Muhammad tomonidan buyurilgan yurishlar