Taras Grigoryevich Chubay (, 1970-yil 21-iyunda Lvov shahrida tugʻilgan) – ukrainalik qoʻshiqchi, rok musiqachisi va bastakor, „Plach Yeremiy“ guruhining vokalisti va qoʻshiqnavisi. Ukraina xalq artisti (2017). Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist (2008). Faoliyati davomida 100 dan ortiq qoʻshiqlar yozgan, 11 ta albom nashr etgan va Kraysler-Imperial operasi uchun uvertura yozgan.
Biografiyasi Ukrain shoiri, tarjimon va sanʼatshunos Grigoriy Chubay oilasida tugʻilgan. S. Krushelnitskaya nomidagi Lvov musiqa maktabi va Lvov konservatoriyasini tamomlagan. Talabalik yillarida, 1987-1992-yillarda „Ne juris!“ teatrining spektakllarida qatnashgan. 1990-yilda bas gitarachi Vsevolod Dyachishin bilan birgalikda „Plach Yeremiy“ guruhini tashkil qilgan va hozirgacha ijodiy faoliyat olib bormoqda.
left|thumb|240x240px| Taras Chubay 2016-yil „Atlas Weekend“ festivalida
1999-yilda Kiyevga koʻchib oʻtgan. „Skryabin“ guruhi bilan ikkita albom yozgan – „Nashe Rizdvo“ va „Nashі partizani“. 2003-yil 11-sentyabrda Ukraina saroyida oʻzining „Svіtlo і spovіd“ albomini taqdim etgan holda yakkaxon konsert bergan. Konsertda uning „Plach Yeremiy“ guruhi, „Virtuozi Lvova“ kamera orkestri va „Pikkardiyska tertsiya“ musiqiy guruhi ishtirok etgan.
2008-yilda Taras Chubay „Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist“ unvoniga sazovor boʻlgan.
2017-yil 24-avgustda Ukraina Prezidentining farmoni bilan unga „Ukraina xalq artisti“ unvoni berilgan.
Uylangan, uch farzandi bor.
Diskografiyasi
Plach Yeremiy
Dverі, kotrі naspravdі ye (1993) Nay bude vse yak e… (1995) Xata moya (1997) Dobre (1998) Svіtlo і spovіd ch.1 (2003)
Boshqalar
Postat Golosu (1988) Nashe Rіzdvo (1998) Nashі partizani (2000) Nash Іvasyuk (2002)
Taras Chubay va Kozak System
„Pіsnі samonavedennya“ (2014)
Ordenlari
Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist (2008) Ukraina xalq artisti (2017) „Y“ jurnalidan „Za dobroye delo“ koʻkrak nishoni (2004).
Manbalar
Havolalar
Taras Chubay sahifalari
Taras Chubay Facebook sahifasi Taras Chubayning Reverbnation haqidagi sahifasi
Intervyular
Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:21-iyunda tugʻilganlar