Avasim (, „mudofaa inshootlari, istehkomlar“; birlik al-ʿāṣima, , „himoyachi“) arabcha atama boʻlib, Kilikiya, Shimoliy Suriya va Yuqori Mesopotamiyadagi Vizantiya imperiyasi hamda Umaviylar va Abbosiylar xalifaliklari oʻrtasidagi chegara zonasining musulmon tomoni shunday nomlangan. Hudud 8-asr boshlarida, musulmon istilolarining birinchi toʻlqinidan keyin tashkil topgan va 10-asr oʻrtalariga qadar, yaʼni Vizantiya yurishlari davrida bosib olinguncha mavjud boʻlgan. Hudud Tugʻur (; birlik thagr, , „yoriq, tuynuk“) deb nomlanuvchi mustahkam istehkomlar zanjiri va Avasim deb nomlanuvchi chegara zonasining orqa yoki ichki qismlarini oʻz ichiga olib, chegara viloyati vazifasini bajargan. Vizantiya tomonida musulmonlarning yurishlari kleisura tumanlari instituti va akritay chegara qoʻshinlari tomonidan cheklangan.
Tugʻur atamasi Andalus va Movarounnahr yurishlarida ham qoʻllangan va tarixiy tilda saqlanib qolgan. Atamani 14-asrda Shimoliy Suriya va Furot mintaqasidagi anʼanaviy „Avasim va tugʻur“dan iborat hududlarni nazorati ostiga olgan Misr mamluklari qayta tiklaganHonigmann (1987), p. 739.
Arab-Vizantiya chegara hududi
Chegara hududining yaratilishi
630-yillarning oxiridan boshlab, musulmonlar Suriyani tezda bosib olgandan soʻng, Kilikiyada ikki kuch oʻrtasida Tavr va Antitavr togʻ tizmalarining janubiy yonbagʻri boʻylab, Onadoʻli platosini Vizantiya nazorati ostida qoldirgan holda Vizantiyaliklar ham, arablar ham daʼvo qilmagan va deyarli choʻl boʻlgan keng hudud (arabchada ad-Davohi (, „tashqi yerlar“ va yunoncha ta akra (, „ekstremitalar“) deb nomlangan) paydo boʻlgan. Imperator Irakliy () ham, xalifa Umar () ham bu hududda vayron qilish strategiyasini amalga oshirib, uni oʻz saltanatlari orasidagi muhim toʻsiqqa aylantirishga harakat qilganStreck (1987), p. 515Kaegi (1995), pp. 236–244. Shunga qaramay, xalifaning asosiy maqsadi Suriya, Misr va Shimoliy Afrikadagi provinsiyalari singari Vizantiyani toʻgʻridan-toʻgʻri zabt etish boʻlib qolib, 717—718-yillarda Konstantinopolda ikkinchi arab qamalining muvaffaqiyatsizligi ushbu strategik maqsadni qayta koʻrib chiqishga majbur qilgan. Onadoʻliga bosqinlar davom etgan boʻlsada, zabt etish maqsadidan chetlashilib, ikki kuch oʻrtasidagi chegara yanada doimiy xususiyatga ega boʻla boshladi. Keyingi ikki asr davomida chegara qalʼalari Vizantiya va Arablar oʻrtasida almashib turishi mumkin edi, ammo arab-Vizantiya chegarasining asosiy konturi deyarli oʻzgarmaganKaegi (1995), pp. 246–247Toynbee (1973), pp. 108–109Whittow (1996), p. 212. Shunday qilib, dastlab „kovaklar, yoriqlar“ maʼnosini anglatgan va haqiqiy chegara hududlarini bildirgan „at-tugʻur“ (uning yunoncha nomi ta Stomia, , „ogʻizlar/teshiklar“) atamasi „tugʻur ul-islom“ (, „Islom chegarasi“) yoki „tugʻur ar-Rumiyya“ (, „Rum chegarasi“) kabi iboralarda qoʻllanib, „chegara“ maʼnosiga aylanganEl-Cheikh (2004), p. 84Honigmann (1987), p. 738.
thumb|right|280px|Kichik Osiyoning janubi-sharqidagi Vizantiya-arab chegara zonasining asosiy qalʼalar koʻrsatilgan xaritasi.
Bu jarayon avvallari choʻl boʻlgan hududning bosqichma-bosqich mustahkamlanib, ayniqsa, xalifa Abdulmalik () davrida Vizantiyaliklar Kilikiyani tashlab ketganidan keyin uning oʻtroq va mustahkam chegara hududiga aylanishiga olib kelgan. Musulmonlar tashlandiq shahar va qal’alarni qayta egallab, ta’mirlab, hududga ko‘chib o‘ta boshlashgan. Bu jarayon Umaviylar davrida boshlanib, ilk abbosiylar davri, ayniqsa Horun ar-Rashid () davrida yanada kuchaygan. Shunday qilib, asta-sekin Oʻrta yer dengizi sohilidagi Tarsdan (Arabcha Ṭarsūs) Malatya (Arabcha Malaṭiya, yunoncha Melitene) va Furotning yuqori oqimidagi Kamachagacha (Arabcha Ḥiṣn Kamx) choʻzilgan qalʼalar qatori vujudga kelganEl-Cheikh (2004), p. 83Wheatley (2000), pp. 260–261Vasiliev (1935), pp. 94–96. Bular strategik boʻgʻiq nuqtalarda, katta yoʻllarning chorrahalarida yoki muhim dovonlar yaqinida joylashganKazhdan (1991), p. 238.
Maʼmuriy tashkilot va manzilgohlar
Butun chegara hududi dastlab Homs Jundi (Musulmon Suriyasi boʻlingan harbiy maʼmuriy birliklardan biri) tarkibiga kirgan. 680-yildan keyin yangi Qinnasrin jundining bir qismini tashkil etib, to Horun ar-Rashid 786-yilda shimol va gʻarbda Vizantiya chegarasidan sharqda Furot daryosigacha boʻlgan butun mintaqani, jumladan Antioxiya (arabcha Antakiya), Halab (arabcha Xalab, yunoncha Berroia) va janubda Manbijgacha (yunoncha Hierapolis) boʻlgan hududda alohida Jund al-Avasim tashkil etgunga qadar bu holat davom etgan. Avval Manbij, keyin Antioxiya yangi viloyatning maʼmuriy markazlari boʻlganWheatley (2000), p. 116. Avasim toʻgʻridan-toʻgʻri Suriya shimoli boʻylab Bagras, Payas, Dülük (yunoncha. Doliche yoki Telux), Iskandarun (arabcha Iskandariya), Kirrhus (arabcha Qūrus), Raʼban va Tizin shaharlarini oʻz ichiga olib, Tugʻurning orqasidagi ikkinchi mudofaa chizigʻi boʻlgan. Haqiqiy chegara zonasi boʻlgan Tugʻur Kilikiya yoki Suriya (at-Tughūr ash-Shaʼmīya, ) va Jazira yoki Mesopotamiya (at-Tughūr al-Jazīrīya, ) qismlariga boʻlinib, ular Amanus togʻlari bilan ajratilgan. Tarsus va Malatya tegishli ravishda Kilikiya va Mesopotamiya qismidagi eng muhim shaharlar sifatida shakllangan boʻlsa-da, Tugʻur uchun umumiy noib yoki maʼmuriy markaz yoʻq edi. Tugʻur shaharlari turli shaklda Jund al-Avasimning maʼmuriy nazoratiga oʻtgan yoki alohida tumanlar sifatida faoliyat koʻrsatgan. 10-asrga kelib Tugʻur va Avasim atamalari manbalarda koʻpincha bir-birining oʻrnida qoʻllangani vaziyatni murakkablashtiradiHonigmann (1987), pp. 738–739Wheatley (2000), pp. 116, 260. Bundan tashqari, 10-asr boshidan Vizantiyaning Armanistonga yurishi munosabati bilan Diyor Bakr atrofidagi chegara uchinchi qismga aylanib, at-Tugʻur al-Bakriya () nomini olganHonigmann (1935), pp. 42–43.
Kilikiya sektoridagi Mopsuestia (arabcha al-Masṣīṣa) qayta bosib olinib, garnizonga aylantirilgan birinchi shahar boʻlib, u yerga Umaviylar davrida 703-yilda 300 askar joylashtirgan, ilk Abbosiylar davrida askarlar soni 4000 nafarga yetgan. Uning ortidan 758—760-yillarda Adana, 787/8-yillarda Tarsus egallangan. Tarsus tezda mintaqadagi eng yirik aholi punkti va arablarning Vizantiyaga qarshi eng muhim bazasiga aylanib, garnizonida 4000 nafardan 5000 nafargacha askar joylashtirilgan. Kilikiyada harbiy ahamiyatdan koʻra koʻproq ahamiyatga ega Ayn Zarba (yunoncha Anazarbus), Horun ar-Rashid asos solgan al-Hārūniya, Tall Gubair va Kanisat as-Savdo kabi muhim qalʼalar ham mavjud edi. Bular Kilikiya tekisligi boʻylab joylashgan kichikroq qalʼalar bilan qoʻshilib, ularda oʻnlab odamlardan iborat kichikroq garnizonlar bor ediKennedy (2001), pp. 82, 98. Mesopotamiya chegara hududining koʻproq togʻli relyefida asosiy istehkomlar togʻlardagi dovonlarning kirish qismlarini nazorat qilib, nisbatan himoyalangan vodiylarning unumdor qismlarida joylashgan. Jumladan, Muoviya I ( va Horun ar-Rashid hukmronligi davrida ikki marta qayta qurilgan Marʼash (yunoncha Germanikeia), xuddi shu tarzda ilk Abbosiylar davrida mustahkamlanib, 4000 nafar qoʻshin bilan taʼminlangan Hadas (yunoncha Adata) va Umaviylar tomonidan mustamlaka qilingan, Vizantiyaliklar tomonidan vayron qilingan va qayta tiklangan, xuddi shu tarzda 757/8-yilda 4000 kishilik garnizon bilan taʼminlangan Malatya. Mesopotamiya qismida kamroq ahamiyatga ega boʻlgan boshqa qalʼalar Salagʻus, Kaisum, Ḥiṣn Zibaṭra (yunoncha Zapetra/Sozopetra), Sumaisaṭ (yunoncha Samosata), Hisn Qalavziya va Ḥiṣn Ziyad kabilar edi. Avasim viloyatining Duluk yoki Kirr kabi baʼzi shimoliy qalʼalari baʼzan viloyat tarkibiga kiritilgan. Yana shimoldagi nisbatan himoyalangan qalʼa shaharlar Qalliqala (yunoncha Feodosiopolis, zamonaviy Arzirum) va Kamacha musulmonlar hukmronligining eng shimoliy hududlarini tashkil qilganWheatley (2000), p. 261. Qudama ibn Ja’farning so‘zlariga ko‘ra, Tug‘ur al-Bakriyya tarkibiga Sumaysat, Hani, Malikyan, Gama, Xauron va Kilis kabilar kirgan.
Xalifalar Suriyadan mustamlakachilar va oddiy askarlar, shuningdek, forslar, slavyanlar, nasroniy arablar va musulmon dunyosining sharqiy qismlaridagi shaxslar, jumladan Xuroson mahalliy aholisi, turkiy Sayābija qabilasi yoki Hindistondan jatlarni (arabcha Zutt) keltirib, hududda aholi sonini koʻpaytirishganStreck (1987), pp. 515–516Wheatley (2000), pp. 116–117, 261. U yerda joylashgan muntazam qoʻshinlar kamroq soliqlar (yer soligʻi xiroj oʻrniga ushr), yuqori maosh va kichik yer mulklar (qatoiy) bilan taʼminlangan. Ilk Abbosiylar davrida bu qoʻshinlar taxminan 25 000 kishi boʻlib, ularning yarmi Xurosondan, qolganlari Suriya va Yuqori Mesopotamiyadan kelgan. Ular Vizantiyaga qarshi jihod qilishda diniy motivlar tufayli kelgan koʻngillilar bilan toʻldirilsa-da, koʻpincha davlatdan maosh olganWheatley (2000), p. 262Toynbee (1973), p. 113. Bularning barchasi Abbosiylar hukumati zimmasiga ogʻir moliyaviy yuk boʻlgan. Horun ar-Rashid davrida Kilikiya sektoridan har yili 100 000 oltin dinor miqdorida soliq toʻplanib, uning barchasi mahalliy jamoat ishlari, maoshlar, josuslik va hokazolar uchun sarflangan. Bundan tashqari, transchegaraviy harbiy harakatlarning xarajatlari odatda yiliga 200 000 dinordan 300 000 dinorgacha boʻlgan. Mesopotamiya sektorining daromadi taxminan 70 000 dinorni tashkil etib, markaziy hukumat har yili istehkomlarni saqlash va chegara qoʻshinlarining ish haqi uchun 120 000—170 000 dinor qoʻshimcha xarajat qilganVasiliev (1935), pp. 96–97.
Harbiy operatsiyalar
9-asrga kelib chegara hududidan Vizantiyaga qarshi boshlangan arab bosqinchilik harakatlari asta-sekin anʼanaviy xarakteriga ega boʻlib, davomli tashkillashtirilgan. Qudama ibn Ja’farning yozishicha, arablar bosqinining odatiy vaqti bahorda (10-may — 10-iyun) otlar uchun mo‘l yem-xashak topish mumkin bo‘lgan davrda birinchi yurish, bir oylik dam olishdan so‘ng yilning eng yirik yurishi yozgi bosqin (10-iyul — 8-sentyabr) va kamdan-kam hollarda fevral — mart oylarida qishgi bosqin uyushtirilganToynbee (1973), p. 115Whittow (1996), pp. 212–213. Bu bosqinlarning ahamiyatini islomshunos olim Xyu N. Kennedi quyidagicha ta’riflagan: „Sa’ifa (yozgi bosqin) xalifaning Makkaga yillik hajni tashkil qilib, unga rahbarlik qilish kabi ramziy va anʼanaviy vazifalaridan biriga aylanib ulgurgan“Kennedy (2001), p. 106.
Chegara hududida arablar va vizantiyaliklar oʻrtasida qattiq kurash kechgan. Bosqinlar va qarshi bosqinlar bu urushning doimiy quroli boʻlgan. Shartli chegaraning har ikki tomonidagi qalʼalar bosib olinib, vayron qilingan yoki baʼzan ishgʻol qilinsa-da, ishgʻol hech qachon uzoq davom etmagan. Natijada, mintaqadagi koʻplab aholi manzilgohlari vayron boʻlib, qayta-qayta koʻchirishlar boʻlib turgan. Shunday boʻlsa-da, qishloq xoʻjaligi va savdoga asoslangan mintaqada, ayniqsa 9-asrning ikkinchi yarmida, chegara hududlar Basrani Shimoliy Suriya va hatto Konstantinopol bilan bogʻlaydigan savdo yoʻli tuguniga aylanib, qisqa muddatli farovonlik haqida maʼlumotlar mavjudWheatley (2000), pp. 116–117, 262–263. 842-yildan keyin va 9-asrning koʻp qismida Abbosiylar hokimiyatining zaiflashuvi Tugʻur ustidan nazorat asta-sekin qayta tiklanayotgan Vizantiyaga qarshi kurashib, mustaqil kurashayotgan yarim mustaqil chegara amirliklari, xususan Tarsus, Malatya va Qalliqalaga oʻtishini anglatgan. 863-yilgi Lalakaon jangi Malatyani zaiflashtirib, mintaqadagi kuchlar nisbatini oʻzgartirgan va Vizantiyaning arab chegara hududlariga bosqichma-bosqich bostirib kirishining boshlanishini belgilab berganStreck (1987), p. 516Toynbee (1973), pp. 110–111, 113–114Whittow (1996), pp. 310–311.