„Dengiz boʻrisi“ – 1904-yilda amerikalik yozuvchi Jek London tomonidan yozilgan psixologik sarguzasht roman. Kitobning asosiy qahramoni adabiy tanqidchi, okean toʻlqinlaridan omon qolgan, Wolf Larsenning qoʻl ostidagi qudratli, biroq axloqsiz Humfrey Van Vaydendir. Kitob rasman nashr etilishidan oldin uning dastlabki toʻrt ming nusxasi sotilib boʻlingan. Bunga sabab yozuvchining bundan oldingi „The Call of the Wild“ (Ajdodlar chorlovi) asarining mashhurligi ediThe Cambridge History of American Literature, Volume 2: Prose Writing 1820-1865. New York: Cambridge University Press, 1995.

Londonning soʻzlariga koʻra, asarning koʻp qismi toʻqima, asosiy qahramon esa Alex MacLean hisoblanadi. Kapitan Alex MacLean 1858-yilning 15-mayida Yangi Shotlandiyaning East Bay shahrida tugʻilgan. U, asosan, Tinch okeanining shimoli-gʻarbiy qismida akasi kapitan Dan MacLean bilan suzib yurgan. MacLean bir vaqtlar Alaskaning Nome sherifi boʻlgan. MacLean kapitanlari umrining koʻp qismini Tinch okeani sohilida suzib oʻtkazganliklariga qaramay, oʻz vatanlari Cape Breton oroli bilan aloqalarini saqlab qolishgan ediMacNeil, Neil, The Highland Heart of Nova Scotia, Breton Books (1998).

Asar qahramonlari

Humphrey „Hump“ Van Weyden Asar boshida Humphrey Van Weyden jismonan zaif, ammo kuchli aql egasi sifatida gavdalanadi. Hikoya davomida u qoʻl mehnati orqali jismonan kuchli shaxsga aylanadi. Bundan tashqari, Boʻri Larsen bilan boʻlgan notinch vaziyatlarga chidagani uchun ruhiy tomondan ham kuchayib boradi. Maud Brewster bilan uchrashgandan soʻng, u qanchalik oʻzgarganini, qoʻpol koʻrinishga ega boʻlganini va hayotga boshqacha qarashini tushunib yetadi.

Asar asosida suratga olingan filmlar Jek Londonning romani romani asosida suratga olingan filmlar:

„The Sea Walf“ (1913), Hobart Bosworth ishtirokidagi ovozsiz kinofilm. „The Sea Walf“ (1920), Noah Beery (Larsen) va Tom Forman (Van Wayden) ishtirokidagi ovozsiz kinofilm. „The Sea Walf“ (1926), Ralph Ince va Claire Adams (Mod) ishtirokidagi ovozsiz kinofilm. „The Sea Walf“ (1941), bosh rollarda Edward G. Robinson (Larsen), Ida Lupino (Rut) va John Garfield. „Walf Larsen“ (1958), bosh rollarni Barry Sullivan va Peter Graves ijro etgan. „Der Seawalf“ (Germaniya, 1971-yil, 4 qismli miniserial), bosh rollarda Raimund Harmstorf va Edward Meeks. „Legend of The Sea Wolf“ (Italiya, 1975), bosh rollarda Chuk Connors va Guiseppe Pambieri. „Morskoj volk“ (SSSR, 1990, TV), Liubomiras Lauciavicius va Andrey Rudensky ishtirokidagi film. „Dengiz boʻrisi“ (1997), bosh rolda Stacy Keach.

Manbalar

Tashqi havolalar Jack London.com on The Sea-Wolf

Turkum:Asar asosida ishlangan filmlar