Branka Raunig (1935-yil 1-yanvar — 2008-yil 13-iyun) bosniyalik arxeolog, ibtidoiy jamiyat davri tarixchisi va muzey kuratori boʻlgan.
Hayotining ilk davrlari Raunig 1935-yil 1-yanvarda Sarayevoda tugʻilgan. Yoshligi Kraljevoda oʻtgan. 1954-yildan 1958-yilgacha Belgrad universitetining falsafa fakultetida arxeologiya boʻyicha tahsil olgan. Branko Gavela uning murabbiylaridan biri boʻlgan.
Faoliyati Oʻqishni tugatgandan soʻng, Raunig Bosniya Gersegovinaga koʻchib oʻtgan va bu yerda Bihaćdagi Pounje muzeyida ishlagan. U yerda japodilarga oid arxeologik materiallar ustida ishlab, umrbod shu ishga oʻzini bagʻishlagan. 1963-yilda Raunig Đakovo viloyati muzeyiga ishga oʻtgan va u yerda Pounje hududiga eʼtibor qaratgan holda japodilar mavzusida ishini davom ettirgan. Oʻsha hududdan olingan materiallar uning magistrlik dissertatsiyasi mavzusi boʻlib, 1971-yilda mukofotlangan. Raunig 1987-yildan to 1998-yil nafaqaga chiqqunga qadar Pounje muzeyining direktori lavozimida faoliyat olib borgan. 1992-yilda japodi qabilasining sanʼati va dini boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va doktorlik darajasiga erishgan.
Qazishmalari Faoliyati davomida: Crkvina Golubić, Vranduk, Pod, Gradina va Sojeničko hamda Gradiška yaqinidagi kabi bir qator muhim hududlarda qazish ishlarini olib borgan. Đakovoda dafn marosimi arxeologiyasini oʻrgangan va u yerda Rim madaniyati makonining mavjudligini aniqlashda muhim rol oʻynagan. Shuningdek, bu yerda masjid qazishmalarni boshqargan. Raunig moddiy madaniyatning koʻp jihatlari bilan qiziqqan va La Tene kulollari qazilgan Krčananing muhim hududida keramika materiallarini oʻrgangan. Mintaqada qazib olingan ibtidoiy jamiyat davriga oid qurollarni oʻrgangan. Raunigning asosiy qiziqishi Bosniya tarixi bilan bogʻliq boʻlsa-da, oʻrta asrlardagi qazilma hududlarda ham faoliyat olib borgan.
Vafoti Raunig 2008-yil 13-iyunda Bihaćda pnevmoniyadan vafot etgan.
Manbalar