Pınargözü gʻori (turkchada: Pınargözü Mağarası, tarjimasi: „suv koʻzi“) — Turkiyaning Isparta viloyati, Yenişarbademli tumanidan 18 km gʻarbda joylashgan gʻorGunn, John (2004). Encyclopedia of caves and karst science. New York: Fitzroy Dearborn. p. 1587. ISBN 0203483855. OCLC 252813655.. U Turkiyadagi eng uzun gʻor boʻlib, haligacha toʻliq oʻrganilmagan. Gʻorga kirish joyi 1550 metr balandlikdagi Dedegöl togʻi etagidan boshlanadi. Oʻrmonli hududida Kızıldağ milliy parki joylashganBayari, C. Serdar; Özbek, Onur (May 1995). „An Inventory of Karstic Caves in the Taurus Mountain Range (Southern Turkey): Preliminary Evaluation of Geographic and Hydrologic Features“ (PDF). Cave and Karst Science. 21 (3): 81-92.. Gʻor ogʻzidan Devre Su deb nomlanadigan suv oqimi oqib turadiScheffel, Richard L.; Wernet, Susan J., eds. (1980). Natural Wonders of the World. New York City: Reader’s Digest Association. pp. 294-95. ISBN 0-89577-087-3.. Gʻorda tor teshiklar boʻlib, ular orqali 166 km/soat tezlikda doimiy shamol aylanadiHanson, Jeanne K.; Nash, Geoffrey H. (2007). Caves. Infobase. p. 98. ISBN 9781438106656.. Dastlab gʻor topilgan joy sharsharalar, suvli yoʻlaklari koʻpligi sabab oʻrganish qiyin hisoblangan va oldin maʼlum boʻlgan turk gʻorlari roʻyxatiga kiritilmagan„Pınargözü TAY-Yerlesme Ayrıntıları“. tayproject.org. Archived from the original on 2016-10-01. Retrieved 2017-07-12.. U yerga borishga ham faqat tegishli uskunalarga ega mutaxasislarga ruxsat berilganAydoğan, Muhammed (2010). "Caves of Turkey". In Evelpidou, Niki; deFigueiredo, Tomás; Mauro, Francesco; Tecim, Vahap; Vassilopoulos, Andreas (eds.). Natural Heritage from East to West: Case studies from 6 EU countries. Springer. pp. 287-301. ISBN 9783642015779..
Qidiruvlar Gʻor ilk marta 1964-yilda Turkiyalik gʻorlar otasi hisoblangan Temuçin Aygen tomonidan topilgan„Pınargözü Mağarası'nda Harıtalandirma Çalişmasi Yapiliyor“. Eğirdir Haber Akın Gazetesi. 2015-08-24. Archived from the original on 2016-10-01. Retrieved 2017-07-12.. U va Turkiya speleologiya jamiyati dastlab gʻorga kirishda suv toʻsiqlari tufayli qiyinchilikka uchraganFrench Federation of Speleology (1990). Rapport D’Expedition A Pinargôzü Turquie 1988-1989 (PDF) (Report). pp. 1-35. Retrieved 2018-08-25 — via Fédération Française de Spéléologie.. Ammo Spéléo-club de Parisning fransuz speleologlari guruhi mahalliy turk gʻorlarini oʻrgangan va bu gʻorga ham birinchi boʻlib kirishgan. 1965-yil 6—12-avgustda jamoa aʼzolaridan J. L. Pintaux hamda Doniat suv toʻsigʻidan oʻtib gʻorni birinchi boʻlib koʻzdan kechirib chiqqan. Keyinchalik ular bilan hamkorlikda Britaniya speleologiya assotsiatsiyasidan Michael Clarke gʻorga ikkinchi boʻlib tashrif buyurgan. Ular 80 metr balandlikdagi suv toʻsigʻidan oʻtish bilan birga atrof-muhitni 900 metrgacha oʻrganib chiqqan. Gʻor ichidagi birinchi sharsharani hujjatlashtirganFrench Federation of Speleology (1990). Rapport D’Expedition A Pinargôzü Turquie 1988-1989 (PDF) (Report). pp. 1-35. Retrieved 2018-08-25 — via Fédération Française de Spéléologie..
1970-yil avgust oyida Fransiyaning Alp klubi Clarke bilan birgalikda gʻorga yer ostidan kirib borish yoʻlini topishadi (3220 m). Kirish joyidan 190 metr koʻtarilganda sharshara yonida toʻxtashadi. 1975-yil sentyabrda Red Rose jamoasi gʻor yonidan oʻtadigan irmoqni aniqlaydi va uni „badavlat suv ombori“ deb ataydi.
1970-yilda gʻorning kirish joyidan boshlab 248 m balandlik va 5,275 m uzunlikda ekanligi aniqlanganCassely, Ian (1976). "Turkey 1975" (PDF). Proceedings of the University of Bristol Spelaeological Society. 14 (2): 185-188 — via ubss.org.uk.. Uning ichida 100 dan ziyod gʻorlar xaritaga kiritilganYamaç, Ali. „Claude Chabert And The Mapping Of Ayvaini Cave — Turkey“.. 1992-yilda gʻorning uzunligi 12 km ekanligi rasmiylashtirilgan. 2011-yilda fransuzlar guruhi tomonidan gʻor 16 kmdan uzunroq ekanligi takidlangan„Pınargözü Mağarası'nda Harıtalandirma Çalişmasi Yapiliyor“. Eğirdir Haber Akın Gazetesi. 2015-08-24. Archived from the original on 2016-10-01. Retrieved 2017-07-12..
2011-yilda Turkiya hukumati Kızıldağ parki gʻoyasini ishlab chiqdi, bundan maqsad esa gʻor atrofidagi joylarni parkka aylantirish va asosan Pınargözü gʻorini tadqiq qilish boʻlgan. Loyiha gʻorni oʻrganish qiyinligi bois 2015-yilgacha davom etgan. 2015-yil loyiha menejeri Selim Erdogan fransuzlar aniqlagan 16 km tahmini bekor ekanligini, jami uzunlik 10,5 kmga borishini aytib oʻtadi. Ammo Pınargözü gʻorining toʻliq maydoni haligacha nomaʼlum„Mağaralar“. www.ispartakulturturizm.gov.tr (in Turkish). Retrieved 2018-08-25..
Geologiyasi Pınargözü gʻori gʻarbiy Tavr togʻlari hududida joylashib, tahminan 40 000 km2 maydonni tashkil qiladiCassely, Ian (1976). „Turkey 1975“ (PDF). Proceedings of the University of Bristol Spelaeological Society. 14 (2): 185-188 — via ubss.org.uk.. Bu hududda karst ohaktoshlari koʻp uchraydi va shu sabab tuprogʻi gʻovak va eroziyaga moyil. Turkiya arxeologik manzilgohlari boʻyicha ushbu hududda 2400 dan koʻp gʻor borligi aniqlangan. Umumiy Turkiya hududi boʻyicha esa Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan 20 000 dan ortiq gʻor borligi taʼkidlangan. Pınargözü gʻori gorizontal sathda joylashgan. Umumiy joylashuviga koʻra gʻor Dedegʻol togʻi yonbagʻirlarida 1550 m (5090 fut) balandlikka koʻtarilgan va kengligi 5 metr (1 fut 8 dyuym) boʻlgan kirish joyidan taxminan 720 m (2360 fut) balandlikda joylashgan.
Gidrologiyasi
Pınargözü gʻori ichidan suv oqib turgani sababli faol gʻorlar jumlasiga kiradi. U yerdagi buloq doim gʻorni yuvib turadi, lekin u yerda yarim doimiy qorli dalalar, muzli koʻllar mavjudligi sababli uning manbai aniqlanmaganClarke, Mike (December 1970). "Pinar Gozu". Bulletin of the British Speleological Association. New Series No. 2: 11-14 — via British Caving Library.. Gʻorda katta sharsharalar, suv havzalari, suv omborlari koʻp. Suv harakati ham mavsumga qarab doimiy oʻzgarib turadi. Yoz oylarida sekundiga 700 litrgacha suv almashadi. Suvning harorati yil davomida 4—5 °C atrofida. Suv bosgan joylarni oʻrganishda gʻavvoslar shunga mos qalin himoya kiyimlarini kiyadi. Aksariyat joylarda gʻor havo harorati 5 °C gacha boʻladiClarke, Mike (December 1970). „Pinar Gozu“. Bulletin of the British Speleological Association. New Series No. 2: 11-14 — via British Caving Library..
Shamolning ahamiyati Gʻor kirish qismidan esib turadigan shamol tezligi soatiga 100 km/soatdan 160 km/soatgacha boʻlgan. Beaufort shamol kuchlari shkalasi boʻyicha 89 km/soat dan yuqori boʻlgan har qanday shamol dovul sifatida, 118 km/soatdan yuqori boʻlgan har qanday shamol boʻronli shamol deb tasdiqlangan. Gʻordagi bu kuchli shamol gʻorning baland va past qismlaridagi teshiklar orasiga kirib chiqib turishidan yuzaga kelganBayari, C. Serdar; Özbek, Onur (May 1995). „An Inventory of Karstic Caves in the Taurus Mountain Range (Southern Turkey): Preliminary Evaluation of Geographic and Hydrologic Features“ (PDF). Cave and Karst Science. 21 (3): 81-92..
Manbalar
Turkum:Turkiya gʻorlari Turkum:Karst gʻorlari Turkum:Manzarali joylar Turkum:Yenişarbademli tumani