Oʻyin — 1905-yilda Jack London tomonidan yozilgan boʻlib, roman ringda halok boʻlgan yigirma yoshli bokschi, Jo haqida hikoya qiladi. Muallif gazetada sport muxbiri sifatida ishlagan va asarni aynan shaxsiy kuzatishlariga asoslanib yozgan.
Syujeti Jo Fleming — yelkan toʻquvchi boʻlib, onasi va singillarining ehtiyojlarini taʼminlaydi, sport klublarida sovrinli oʻyinlarda ishtirok etib, qoʻshimcha daromad orttiradi. Shirinliklar doʻkonida ishlaydigan Genevieve bilan tanishganidan soʻng ular turmush qurishga qaror qilishadi. Qalligʻining boks bilan shugʻullanayotganidan xabar topgan Genevieve undan bu xavfli faoliyatni tark etishni soʻraydi. Jo bunga rozi boʻladi lekin yangi uyni jihozlash uchun soʻnggi oʻyinda gʻalaba qilib, pul yutushi kerak edi. Ammo boshining orqa qismiga tushgan kuchli zarba tufayli Jo komaga tushib, vafot etadiLibrivox.orgFeedbooks.
Asar tarixi Roman yozuvchining boks haqidagi toʻrt kitobdan iborat toʻplamining eng soʻnggisi. Ushbu toʻplamning, ayniqsa „Oʻyin“ romanining boks kabi bir sport turining adabiy mavzuga aylanishida ahamiyati katta.
Jack London romandagi tartibsiz voqealar rivoji uchun ayblanganda, tanqidchilarga qarata shunday javob beradi: Men nafaqat boks, balki yutuqli oʻyinlar haqida ham oʻrgandim, tajribalarga ega boʻldim va boshimdan oʻtkazdim. Mana men „Oʻyin“ ni qanday yozdim.
Manbalar
Havolalar S. Baturin. Biografiya: Jack London (1876 — 1916) (rus tilida) Sonama Davlat Universiteti Sayt: „Feedbooks“ 🔈 „Oʻyin“ audio kitob (ingliz tilida) LibriVox saytida