Vasiliy Shapteboy (; 1979-yilda tugʻilgan) — belaruslik sportchi, qishki (changʻi va biatlon) va yozgi (velosport va yengil atletika) paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi; Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi. Sochida 2014-yilgi qishki paralimpiya oʻyinlarining yopilish marosimida Belarus Respublikasi bayroqdori boʻlgan.
Tarjimai holi 1979-yil 10-noyabrda tugʻilgan. Uning koʻrish qobiliyatida tugʻma nuqsoni bor.
1993-yilda Belarussiyaning Molodechno shahridagi koʻzi ojiz bolalar maktabida changʻi uchishni mashq qila boshlagan.
„Dinamo“ klubi safida harakat qilgan, paralimpiya sport turlari boʻyicha Respublika olimpiya tayyorlash markazi va Mogilyov viloyati oliy sport mahorat maktabida mashgʻulot olib borgan.
Hozir Mogilyovda yashaydi. Uylangan, uchta qizi bor: Angelina, Alisa va Anna.
Yutuqlari Vasiliy Shapteboy Paralimpiyadagi faoliyatini 2000-yilda Avstraliyaning Sidney shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida boshlagan. Mazkur Paralimpiya oʻyinlarida T13 kategoriyasidagi estafeta bahslarida ishtirok etgan va bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2004-yilda Afinadada boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida qatnashib, oltin medallarni qoʻlga kiritgan. 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida velosport boʻyicha ishtirok etgan, ammo medalga sazovor boʻla olmagan.
Vasiliy Shapteboy 2006-yilda Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan qishki paralimpiya oʻyinlarida oʻz debyutini amalga oshirgan va changʻida yugurish sport turi boʻyicha bronza va kumush medallarni qoʻlga kiritgan. 2010-yilda Kanadaning Vankuver shahrida boʻlib oʻtgan navbatdagi paralimpiya oʻyinlarida Vasiliy changʻida yugurish va biatlon boʻyicha ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2014-yil Sochida boʻlib oʻtgan paralimpiya oʻyinlarida biatlon boʻyicha ikki karra ( bronza medali sohibi boʻlgan. Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi qishki Paralimpiya oʻyinlarida eng tajribali ishtirokchilardan biri boʻlgan. Ammo bahlardan ikki kun oldin shamollab qolgan va bu uning natijalariga salbiy taʼsir koʻrsatgan.
Shapteboy paralimpiya oʻyinlaridan tashqari velosport, yengil atletika va biatlon boʻyicha jahon chempionatlarida ishtirok etgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:10-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Belarus sportchilari Turkum:Paralimpiyachilar Turkum:Belaruslik yengil atletikachilar