Biografiyasi Bolalik va oʻsmirlik davri
Emigrantlar oilasida tugʻilgan Zidan Fransiyaning La Kostelyane nomli Marselning shimoly rayonida tugʻilib oʻsgan.Undan tashqari oilada yana 4 ta bola:Singlisi Lila, ukalari Jamel,Farid va Nordin boʻlgan.Zidan birinchi toʻp vazifasida plastik idishni ishlatgan. Zero kichik Zinedin futboldan tashqari dzyudo, velosportga qiziqqan boʻlsa ham unda qiziqish aynan futbolga boʻlgan.
Zidan 14 yosh boʻlganda, unga „Kann“ seleksioneri Jan Varo eʼtibor qaratadi. Bu voqea 1987-yilda boʻlib oʻtadi. Aynan shu vaqtda Zinedin Fransiyaning kurort shaharchasi Kannga futbol olimpi choʻqqisini zabt etishni boshlash uchun koʻchib keladi.
U Elino oilasining uyida yashaydi. Shu yerda undan tashqari yana bir „Kann“ning yosh futbolchisi-Amadeo Arno ham yashaydigan boʻladi. Elinolar uyi Kann sahxriga yaqin Pegoma qishlogʻida joylashan boʻladi. Mashqlardan qaytayotganda (odatda uni klub funksionerlari mashinada tashlab ketishardi, koʻpincha bu ish Fransiya terma jamoasining sobiq oʻyinchisiSharl lube ga yuklatilardi)Zizu,Amadey va Elinoning kichik oʻgli Loran futbol musobaqalari uyushtirishardi. Elinonig oialasi „Kann“ning juda koʻp yosh futbolchilariga panox bergan boʻlsada Zidan bu oilaning koʻnglidan abadiy joy oladi. Zizu ularning bogʻida olcha daraxtini ekkan, musobaqa uchun borgan barcha davlatlardan ularga suvenirlar olib kelardi. Elinolar uyida Zidan roppa rosa 1 yil yashaydi.
1 yil oʻtganidan song Zidan Kanning markazida joylashgan Mimon yotoqxonasidan joy egallaydi. Bu yotoqxona bilan uni juda koʻp xotiralar bogʻlaydi. Bu yerda u birinchi doʻstlar orttiradi, birinchi marotaba Spirtli ichimlik taʼtib koʻradi. Bu vaziyat yaqin oradagi barda boʻlib oʻtadi. Bu yerga uni va yana bir futbolchini yotoqxonada koʻptan beri yashaydigan sportchilar chaqiradi."Bagʻishlov" sifatida ularga „Olovli Suvdan“ taʼtib koʻrish kerak boʻladi. Bu „Bagʻishlovdan“ soʻng Zidan qiyinchilik bilan yotoqxonaga yetib oladi. Uning sherigi esa yotoqxona yopilishiga ulgurmaganligi uchun jazolanadi. Ammo bu voqea birinchi va ohirgi marotaba boʻlib oʻtadi va Zidan keyinchalik spirtli ichimlklardan voz kechadi.
Zidan doimo Fransiyaning barcha termalari:Kadetlar, oʻsmirlar, yuniorlar, yoshlar jamoasida oʻynab keladi. Uning ismi murabbiylar qatorida mashhur boʻlib,Uning eng kuchli jixatlari texnikasi va jismoniy kuchi boʻlgan. Baland boʻyli, oʻz yoshidan katta koʻrinadigan Zidan doimiy ravishda oʻz ustida ishlaydi. Kanndagi murabbiylar(2- jamoa murabbiylari)-avval Gi Lyakomb (U hozir „PSJ“ni murabbiysi), keyinroq Jil Rampilyon uni rivojiga xalaqit bermaslikka harakat qilib,Zidan bilan yakkama yakka ish olib borishardi."Zidan kam gapiradi,-deydi Lyakomb.-U tinglaydi va bajaradi".
Proffesional futbolda Zidan 1989yilning 20-mayida paydo boʻladi. U hali 17 yoshga ham toʻlmagan edi. Bu vaziyat 1988/89 yilning Fransiya chempionati ohirgi turlarida Nant jamoasiga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda roʻy beradi(Bu jamoada oʻsha paytlar Desham va Desayi kabi futbolchilar oʻynar edi).Zizu maydongi oʻyin soʻngiga 15 daqiqa qolganda tushadi va toʻpga 3 marotaba tegadi, lekin u oʻzini juda baxtli his etadi. Oʻsha oʻyinda u hattoki darvoza tomon zarba berib toʻsinni poylashga ham ulguradi. Bu oʻyin uchun u katta boylikka – 6 000 frankka ega boʻladi, magʻrur va baxtli Zinedin, oilasi uchun sovgʻalar sotib oladi. Oʻzining oliy diviziondagi 1- golini 1991 – yilda Xuddi oʻsha Nantga uradi, toʻpni darvozadan uzoqlashgan darvozabon ustidan mahorat bilan oʻtqizib uradi.1992-yilda Kann jamoasi 2-divizionga tushib ketganligi sababli u klubni tark etadi.
Zidan oʻz ish faoliyatini Bordoda davom ettiradi.1992 – yilda Rolan Kurbis,Bordoning oʻsha paytdagi murabbiysi,Fransiyada mashhurlikka erishayotgan mohir yarimhimoyachini oʻz jamoasiga qoʻshish uchun juda koʻp urindi.1 – mavsumdayoq Zidan Fransiya oliy ligasida 10 ta toʻp urib, oʻsha turnirning eng yaxshi toʻp urariga aylanadi.
Yuventusga Zidan 1996 – yilgi Yevropa chempionatidan soʻng oʻtadi. Yevropa chempionatida u avvalroq olgan jaroxati tufayli yaxshi oʻyin koʻrsata olmaydi. Asta jarohatidan forigʻ boʻlgandan soʻng uning omadi keldi va Yuventus shu yili bahorda Yevropa Chempionlar ligasida gʻalaba qozondi.
Manbalar
Havolalar
Zinedine Zidane at Real Madrid CF
Turkum:Zidanlar oilasi Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:AS Cannes futbolchilari Turkum:FC Girondins de Bordeaux futbolchilari Turkum:Juventus F.K. oʻyinchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Fransiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 1996 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2000 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:FIFA 100 Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:Oltin toʻp sohiblari Turkum:FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi gʻoliblari Turkum:UEFA yilning eng yaxshi erkak futbolchisi sovrini sohiblari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik futbol murabbiylar Turkum:Real Madrid CF murabbiylari Turkum:Real Madrid Castilla murabbiylari Turkum:La Liga murabbiylari