Gulliver effekti – bu katta elementga koʻplab kichik elementlar taʼsirini ifodalash uchun ishlatiladi . Makroiqtisodiyotda dengizga chiqish imkoniyati cheklangan qoloq davlatlarga qoʻshni boʻlgan qudratli davlatning taʼsirini ifodalashda qoʻllanadi . Ayrim manbalarda koʻrinmas, mayda xavflardan qoʻrqib, oʻz istaklarimizni amalga oshira olmasligimizni, atrofdagilarning xohish-irodasiga koʻra ish tutishimizni bildiradi. Shuningdek, katta toʻplamdagi kichik xatolar kichik toʻplam guruhlariga salmoqli taʼsir etishini anglatadi . Ibora sifatida notanish muhitda odam oʻzini kichik, ahamiyatsiz sezishini yoki haddan tashqari eʼtibor markazida boʻlishini ham ifodalaydi. Molekulyar kimyoda bir modda molekulasini hosil qilishda ishtirok etgan mayda zarralar birgalikda yaxlit moddani hosil qiladi. Bu atama Jonatan Sviftning „Gulliverning sayohatlari“ romanidan ilhomlangan boʻlib, unda bosh qahramon turli mamlakatlarga sayohati davomida hajmi oʻzgarishini boshdan kechiradi .

Manbalar

Havolalar https://new_words.en-academic.com/172/Gulliver_effect https://www.researchgate.net/publication/346053113_Gulliver_Effect_in_Macroeconomic_Policies_of_Landlocked_Developing_Countries_A_Comparative_Study https://www.beverleystone.co.uk/do-you-suffer-from-the-gulliver-effect/ https://files.eric.ed.gov/fulltext/ED504912.pdf https://en.wikipedia.org/wiki/Gulliver%27s_Travels

Turkum:Effektlar haqidagi maqolalar