Sotvoldiyev Abdulaziz Abdimoʻminovich – iqtisodiyot fanlari doktori, professor (1993). 1995-yildan 2011-yilga qadar Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti (hozirgi Andijon mashinasozlik instituti rektori sifatida faoliyat yuritgan.

Tarjimai holi Abdulaziz Sotvoldiyev 1950-yilda Andijon shahrida tugʻilgan. 1971-yilda Toshkent politexnika institutini Iqtisodiyot va kimyo sanoatini tashkil etish yoʻnalishi bakalavriatini, 1977-yilda aspiranturasini tamomlagan. Shuningdek, 1993-yilda Sankt-Peterburg iqtisod va moliya universiteti doktoranturasini bitirgan. Abdulaziz Sotvoldiyev 2024-yilning 31-mart kuni vafot etgan.

Mehnat faoliyati Abdulaziz Sotvoldiyev mehnat faoliyatini 1971—1974-yillarda Toshkent politexnika instituti Kimyo sanoati iqtisodi va uni boshqarish kafedrasi assistentligidan boshlagan. 1977—1990-yillarda Andijon viloyati mehnatni tashkil etish markazi boʻlim boshligʻi, Toshkent xalq xoʻjaligi instituti Andijon filiali savdo iqtisodi kafedrasi katta oʻqituvchisi, mudiri, 1993—1995-yillarda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori vazifalarida ishlagan. 2011—2021-yillarda Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish, sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish kafedralari professori lavozimlarida ishladi. 2021-yildan vafotiga qadar Iqtisodiyot kafedrasi professori sifatida yoshlarga taʼlim tarbiya berib kelayotgandi.

Abdulaziz Sotvoldiyev 1995-yildan 2011-yilga qadar Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti (hozirgi Andijon mashinasozlik instituti rektori sifatida faoliyat yuritib, oliy taʼlim tizimini rivojlantirish, malakali mutaxassislarni tayyorlashda oʻzining salmoqli hissasini qoʻshgan.

Ilmiy faoliyati Abdulaziz Sotvoldiyev 1979-yilda Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot va moliya universiteti „Uzluksiz ishlab chiqarishda mehnatni tashkil etishni takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari: OʻzSSR qurilish materiallari sanoatining asosiy tarmoqlari misolida“(Osnovnie napravleniya sovershenstvovaniya organizatsii truda v neprerivnix proizvodstvax : na primere osnovnix otrasley promishlennosti stroitelnix materialov UzSSR) mavzusida iqtisod fanlari nomzodi dissertatsiya ishini himoya qilgan hamda iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasi ega boʻlgan. 1993-yilda esa iqtisod fanlari doktorlik ilmiy darajasi uchun „Oʻzbekiston Respublikasida bandlikni boshqarish“ mavzusida dissertatiya ishini munosib himoya qilgan. Abdulaziz Sotvoldiyev bir nechta darslik, oʻquv va amaliy qoʻllanmalar , yuzlab ilmiy maqola va tezislar muallifi hisoblanadi.

Manbalar

Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari Turkum:Oʻzbekistonlik iqtisodchilar Turkum:Iqtisodiyot fanlari doktorlari