Yelizaveta Ivanovna Mukasey (qizlik familiyasi: Yemelyanova; ; 29-mart 1912-yil, Ufa — 19-sentyabr 2009-yil, Moskva) — Sovet razvedkasi xodimi, noqonuniy muhojir. Shuningdek, faxriy davlat xavfsizligi xodimi, podpolkovnik. Sovet noqonuniy razvedkachisi Mixail Isaakovich Mukaseyning rafiqasi.

Hayoti Yelizaveta Ivanovna Mukasey 1912-yil 29-martda Ufa shahrida tugʻilgan. Uning qizlik ismi — Yemelyanova boʻlgan.

1917-yil oxirida u oilasi bilan Toshkentga, ochlikdan qutulish uchun koʻchib oʻtishadi. Yelizaveta 1929-yilda oʻrta maktabni tugatgach, Leningrad universitetining biologiya fakultetiga oʻqishga hujjat topshiradi. Universitetni tugatgandan soʻng, Yelizaveta Ivanovna avval zavodda, keyin esa ishchi yoshlar maktabida direktor boʻlib ishlaydi (1938—1939-yillar oraligʻida).

1939-yildan 1943-yilgacha Yelizaveta Ivanovna eri, noqonuniy razvedkachi Mixail Isaakovich Mukasey bilan Los-Anjeles shahrida AQShga xizmat safarini amalga oshirgan.

1943-yildan 1949-yilgacha u Moskva teatri badiiy kengashining kotibi boʻlib ishlagan.

„Elsa“ taxallusi ostida maxsus tayyorgarlikdanIzuchenie nemeskogo i polskix yazikov, izucheniya radiodela, otrabotka raboti na ratsii na slux azbukoy Morze i pr. oʻtgandan soʻng, 1955—1977-yillarda eri bilan xorijda faoliyat olib borgan. Keyinchalik, erini markaz bilan ikki tomonlama aloqa qilishini taʼminlagan.

Xorijdagi faoliyati davomida u turmush oʻrtogʻi bilan Yevropa davlatlariga razvedka maʼlumotlarini olish maqsadida sayohat qilgan va bu faoliyat Markaz aʼzolari tomonidan yuqori baholangan.

1977-yilda SSSRga qaytgach, Yelizaveta Ivanovna yosh razvedka xodimlarini tayyorlagan. U razvedka maktablari uchun yozilgan koʻplab darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar muallifidir.

U turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda chet elda oʻtgan 30 yillik ish faoliyati va hayoti haqidagi xotiralarni „Zefir va Elza“ () kitobida yozgan.

Yelizaveta Ivanovnaning oʻgʻli — Anatoliy Mixaylovich Mukasey, sovet va rus kinematografi boʻlib, uning ayoli aktrisa va rejissyor Svetlana Sergeevna Drujininadir. Yelizavetaning nabirasi Mixail Anatolyevich Mukasey operator boʻlib ishlaydi.

U 2009-yil 19-sentyabrda Moskvada vafot etgan.

Yelizaveta Mukasey Xovanskoye qabristonida (shimoliy hudud, 200-sonli uchastka) dafn etilgan.

Mukofotlari Yelizaveta Ivanovna Mukasey faxriy davlat xavfsizligi xodimi boʻlgan. Xizmatlari va erishgan yutuqlari uchun u koʻplab medallar, shu jumladan „Jangovor xizmatlari uchun“ medali bilan ham taqdirlangan. U Rossiya Federatsiyasi xavfsizligini taʼminlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Yuriy Andropov mukofotiga laureat boʻlgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Legendarnaya razvedchitsa-nelegal Yelizaveta Mukasey skonchalas v Moskve Lyudi iz legendi Turkum:Jangovar xizmatlari uchun medali sohiblari Turkum:SSSR oʻqituvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:2009-yilda vafot etganlar Turkum:19-sentyabrda vafot etganlar Turkum:1912-yilda tugʻilganlar Turkum:29-martda tugʻilganlar Turkum:Ufada tugʻilganlar Turkum:SSSR razvedkachilari