Rudina Hajdari — alban siyosatchisi, ilgari Albaniya Respublikasi Assambleyasi aʼzosi boʻlib ishlagan. Albaniyada kommunizmning qulashiga olib kelgan 1990—1991-yillardagi talabalar harakatiga rahbarlik qilgan marhum Azem Hajdarining qizi boʻlib, u 2017-yil 9-sentyabrda mamlakat poytaxti Tirana hududi vakili sifatida Albaniya majlisi aʼzoligiga qoʻshilgan.
Hayoti 1998-yilda otasi oʻldirilganidan soʻng, Rudina Hajdari oʻqishni davom ettirish uchun AQShga koʻchib oʻtgan. U Fordham universitetida oʻqigan va 2009-yilda siyosatshunoslik boʻyicha bakalavr darajasini, soʻngra London Kings kollejida geosiyosat, hudud va xavfsizlik boʻyicha magistrlik darajasini olgan. Keyinchalik, Rudina Hajdari Kolumbiya universitetida inson huquqlari boʻyicha ikkinchi magistrlik darajasini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik Rudina Hajdari Kolumbiya universitetining Harriman nomidagi Rossiya, Yevroosiyo va Sharqiy Yevropa tadqiqotlari institutida Donald J. Trump va Vladimir V. Putinning tegishli prezidentliklari davrida Gʻarbiy Bolqon davlatlarida yuzaga kelgan muammolar haqida soʻzlagan. Hajdariy, shuningdek, Newsweek jurnali kabi nashrlarda mintaqadagi muammolar haqida koʻplab maqolalarni nashr ettirgan.
Rudina Hajdari Nyu-Yorkning 16-okrugi boʻyicha AQSh Kongressi Vakillar palatasining reytingli aʼzosi boʻlgan kongressmen Eliot L. Engelning xodim hamkori boʻlib ishlagan. U ayni paytda Qoʻshma Shtatlar Vakillar palatasining Tashqi ishlar qoʻmitasi raisi sifatida ham faoliyat olib boradi.
AQSh Kongressidagi qisqa tajribasidan soʻng, Rudina Hajdari otasi asos solgan partiyani qayta tiklash va uning avvalgi shon-shuhratini tiklashga yordam berish maqsadida Albaniyaga qaytishga qaror qilgan.
Siyosiy karyerasi 2017-yil iyun oyida u Tiranadagi Demokratik partiya rahbari Basha bilan birga parlament aʼzoligiga nomzodini qoʻyishi haqida eʼlon qilingan. Nomzodlar roʻyxatida Rudina Hajdari ishonchli mavqega ega boʻlgan, demokratlar tomonidan parlamentga olib kelingan, yangi taniqli shaxslardan biri sifatida etirof etilgan.
Sentyabr oyida u Tashqi siyosat qoʻmitasi va Yevropa integratsiyasi qoʻmitasi aʼzosi etib tayinlangan. Koʻp yillar xorijda yashaganligi uchun, deputatlik faoliyati davomida koʻpchilikdan tarkib topgan ommaviy uchrashuvlardagi chiqishlarida nutq soʻzlashda bir qator qiyinchiliklarga duch kelgan.
2018-yil dekabr oyida Albaniyadagi umummilliy talabalar norozilik namoyishlaridan soʻng, u oʻzining partiya qarorini buzgan va talaba bilan bogʻliq vaziyatni hal qilish uchun parlamentga boykot eʼlon qilgan, talabalarni qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qilgan hamda oʻz vakolatlaridan voz kechib, namoyishlarga qoʻshilishga tayyorligi haqida aytib oʻtgan. Ommaviy eʼlonda u Albaniya yangi harakatga muhtojligini va Demokratik partiya aʼzoligidan chiqishni oʻylayotganini aytgan, chunki bu partiya faoliyati endilikda odamlar tomonidan maʼqullanmay qoʻyilgan edi.
Sobiq Demokratik partiya yetakchisi Lulzim Boshaning 2019-yil 18-fevraldagi vakolatidan voz kechish va parlamentdagi Demokratik partiya rahbari lavozimidan boʻshash haqidagi qaroridan soʻng, 11-mart kuni Amerika Ovozi tomonidan efirga uzatilgan intervyuda Rudina Hajdari partiyaning parlamentni ommaviy ravishda tark etish qaroriga keskin norozilik bildirgan. Shuningdek intervyuda Hajdariy partiyaning qolgan 41 deputati bu harakatga qoʻshilmasligini tasdiqlagan. Rudina Hajdari oʻz qarshilik fikrlarining asosiy sababini Lulzim Boshaning Albaniya poytaxtida olib borayotgan shiddatli norozilik namoyishlari, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Federica Mogherini va Yevropa Ittifoqining kengayish boʻyicha komissari Johannes Hahn tomonidan ham keng koʻlamli xalqaro qoralashlar keltirganligi bilan izohlangan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Albaniya parlamenti aʼzolari Turkum:Tiranalik siyosatchilar Turkum:Albaniyaning siyosiy partiya yetakchilari