Mummies (ispancha: Momias) — 2023-yilda ommaga namoyish etilgan ingliz tilidagi ispan animatsion komediya filmi. Film rejissyori Juan Jesús García Galocha (rejissyorlik debyutida) boʻlib, Javier López Barreira va Jordi Gasull ssenariysi va Gasull hikoyasi asosida ishlangan. Ushbu filmda Joe Thomas, Eleanor Tomlinson, Celia Imrie, Hugh Bonneville va Sean Beanlar ovoz bergan.
Dastlab 2021-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan Mummies filmi 2023-yil 24-fevralda Ispaniya teatrlarida namoyish etilgan.
Syujeti Film Qadimgi Misr qirollik oilasiga tegishli eski uzukni izlash uchun yer osti olamidan sayohatga otlangan va hozirgi Londonga kelib qolgan uch mumiyo haqida hikoya qiladi. Bu anʼanaviy uzuk shuhratparast arxeolog Lord Carnaby tomonidan qabrdan oʻgʻirlab olingan. Uning keyingi maqsadi mashhur boʻlishga ulgurgan malika Neferni koʻrgazma uchun oʻgʻirlab ketish edi. Mumiyalar bir necha kulgili vaziyatlarga tushib qolishadi, chunki ular madaniyat toʻqnashuvida XXI asrdagi Londonni tushunishga va moslashishga harakat qilishadi.
Dublyaj kastingi
Joe Thomas — toʻqnashuv tufayli vafot etgan Thut rolida Eleanor Tomlinson qoʻshiq kuylashni yaxshi koʻradigan malika Nefer rolida Karina Pasian Neferning qoʻshiqdagi ovozini ijro etgan. Celia Imrie- Karnabyning onasi rolida Hugh Bonneville — Lord Sylvester Carnaby rolida Sean Bean Fir’avn sifatida Mariya Moscardó — Usi rolida Shakka — Ed A. Murfi rolida Santiago Winder — bumeranglar bilan shugʻullanadigan kichik ukasi, Sekhem rolida Dan Starkey- Lord Karnabyning janjalkash qoʻshnilari, Danny and Dennys rolida Oliver Lidert — Radames rolida Aida erkak bosh rolda Rachel Adedeji — Aidaning ayol oʻrinbosari sifatida
Namoyish etilishi Mummies 2021-yilda Atresmedia Cine va Warner Bros. España hamkorligi doirasida Moomios nomi bilan chiqarilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, keyinchalik ikki yillik kengaytirilgan nashrdan soʻng u 2023-yilgacha kechiktirildi hamda hozirgi Mummies nomiga oʻzgartirildi. Filmning birinchi treyleri 2022-yil 31-oktabr sanasida ommaga taqdim etilgan. 2023-yil 24-fevral sanasida esa Ispaniya va AQShning tanlangan kinoteatrlarida Warner Bros Pictures tomonidan filmning toʻliq holati taqdim etilgan. Film birinchi marta 2023-yil 5-yanvarda Avstraliyadan boshlab xalqaro hududlarda chiqarildi. Keyinchalik esa Buyuk Britaniya va Irlandiyada 2023-yil 31-martda taqdim etildi. Filmga ishlangan soundtrek WaterTower Music tomonidan 2023-yil 24-fevralda Apple Music, Spotify va Pandora kabi dasturlarda chiqarildi.
Rotten Tomatoes veb-saytida film 19 ta sharh asosida 53% ijobiy reytingiga ega, oʻrtacha reytingi 5,00/10ni tashkil etadi.
Mukofotlar
| || 29th Forqué Awards || colspan = "2" | Best Animation Film || ||
| 38th Goya Awards || colspan = "2" | Best Animated Film || ||
Yana qarang
2023-yildagi ispan filmlari roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Warner Bros. filmlari Turkum:Warner Bros. animatsion filmlari Turkum:2023-yil filmlari Turkum:Ispaniya animatsion filmlari Turkum:2020-yil multfilmlari Turkum:Multfilmlar Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari