Dima Qayum (asl ismi Dilshod Boltaboyev; 3-avgust 1983-yil, Rishton, Fargʻona viloyati) — bloger, tadbirkor, hunarmand, “Menkim, Dima Qayum” nomli kitob muallifi.

Hayoti Dilshod Abdullayevich Boltaboyev 1983-yil 3-avgustda Fargʻona viloyati Rishton tumanida tugʻilgan. 1990–2000-yillar davomida Rishton tumani 2-sonli umumy oʻrta taʼlim maktabida tahsil olgan.

Otasi maktabda rus tili fani oʻqituvchisi va onasi bolalar bogʻchasida tarbiyachi boʻlib faoliyat yuritgan. 2 nafar farzandi bor.

Uning taxallusi abbreviatura shaklida yaʼni “DIMA — Dilimga Iymon Marhamatingni Ayamagin”; Abduqayum oʻrniga esa qisqa qilib “Qayum” soʻzi olingan. 2017-yilda uning Facebookdagi shaxsiy sahifasida eʼlon qilingan hazil-hangomalaridan tarkib topgan “Menkim, Dima Qayum” nomli kitobi nashrdan chiqqan. 2019-yilda Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiga aʼzo bo‘lib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi boʻlgan, lekin niyati amalga oshmagan. 2020-yilda Xalqaro Islomiy xayriya tashkiloti bilan hamkorlikda xayriya tadbirini uyushtirgan.

Kutubxona buzilishi mojarosi Dima Qayum oʻz tashabbusi bilan 2017-yilda Rishton markazidagi dehqon bozorida xalqdan tushgan xayriya hisobiga “Roshidoniy” nomli xalq kutubxonasi ochgan. 2018-yilda yangi binoda ochilish marosimi boʻlgan. Ushbu kutubxonaga sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov tibbiyotga oid kitoblar sovg‘a qilgan.

2018-yilda Rishton tuman hokimiligi tarafidan kutubxonani buzish kerakligi aytilgan. Shu yili Rishton tumani markazida olib borilayotgan buzilish va qurilish ishlari oqibatida ushbu kutubxonani buzib tashlash uchun “Dehqon bozori” MCHJ boshqaruvi raisi I.Oripjonovdan ogohlantirish xati olgan. Dima Qayum oʻzi ochgan kutubxonani saqlab qolish uchun prezident Shavkat Mirziyoyevdan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonovdan yordam soʻragan. Bundan tashqari ziyoli odamlar bu voqeani Farg‘ona viloyati hokimiga yetkazishgan va hokim esa kutubxona buzilmasligini hamda zarur hujjatlar taxlab berilishini aytgan.

2019-yilda unga xalq kutubxonasi bunyod etilishi uchun yangi qurilayotgan bozor hududidan joy berilgan. Bundan soʻng esa Dima Qayum 5 nafar bozorchi ayollar hujimiga uchragan va ularni sudga bergan. Bu hujum emas, tadbirkorlarning tushunmovchili boʻlgan degan manbalar ham bor. Sud bu ayollarga nisbatan eng kam ish haqining 22 barobarida jarima to‘lashga qaror qilgan. Boʻlib oʻtgan voqealardan so‘ng Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Rishtonga borib Dima Qayum bilan uchrashgan va kutubxona qurilishiga o‘zi kafil bo‘lishini aytgan. Komil Allamjonov esa kutubxona qurilishi uchun mablag‘ ajratilishini ma’lum qilgan.

Manbalar

Havolalar

Dima Qayumning Facebook sahifasi Fargʻona: Rishton bozori/Dima Qayum kutubxonasi__INDEKS__

Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:3-avgustda tugʻilganlar Turkum:Rishtonda tugʻilganlar Turkum:Blogerlar Turkum:Oʻzbekistonlik blogerlar Turkum:Rishton tumani kishilari Turkum:Rishton tumanida tugʻilganlar