Karl Nehammer (, , Vena) — avstriyalik siyosatchi. Avstriya Xalq partiyasi rahbari, 2021-yil 6-dekabrdan Avstriya Federal kansleri, 2020-yil 7-yanvardan 2021-yil 6-dekabrgacha Avstriya Ichki ishlar vaziri va 2017-yildan 2020-yilgacha Milliy Assambleya aʼzosi.
Hayoti Karl Nehammer Vena shahrida tugʻilgan. U Kalksburg kolleji va Amerlingstrasse gimnaziyasida tahsil oladi. Gimnaziyani 1992-yilda tamomlagan. Karl Qurolli Kuchlarda koʻngilli boʻlib xizmat qildi va xizmat muddatini 1996-yilgacha uzaytirdi. 1997-yilda leytenant unvoni bilan nafaqaga chiqdi. U Federal Mudofaa vazirligida axborot zobitlari uchun oʻqituvchi-trener va Avstriya Xalq partiyasi Siyosiy Akademiyasi kabi turli muassasalarda strategik aloqalar boʻyicha trener boʻlib ishlagan. 2012-yilda Kremsdagi Dunay universitetida siyosiy muloqot boʻyicha ikki yillik kursni tamomlab, fanlar magistri darajasini oldi.
Mehnat faoliyati 2007-yilda Karl Nehammer Avstriya xalq partiyasi shtab-kvartirasida ish boshladi. 2007-2008-yillarda partiya shtabida xizmat va safarbarlik boʻlimi mudiri, 2008-2009-yillarda esa partiya akademiyasida oʻquv va tarmoq boʻlimi mudiri boʻlgan. Shuningdek, Karl Quyi Avstriyadagi partiya akademiyasining direktori boʻlgan. 2015-yil oktabr oyida u Avstriya Ishchilar Federatsiyasi (Österreichischer Arbeitnehmerinnen- und Arbeitnehmerbund, ÖAAB) bosh kotibi oʻrinbosari, 2016-yil aprelidan 2018-yil yanvarigacha bosh kotib etib tayinlandi. 2016-yilgi prezidentlik saylovi kampaniyasida u 11% ovozni qoʻlga kiritdi. Ammo, Andreas Kohlga magʻlub boʻldi. Kohl ANPning menejeri boʻlgan. 2016-yil noyabr oyida OAABning Vena boʻlimi raisi etib saylandi. 2017-yil aprel oyidan beri Vena-Gitzing tumanidagi ANP rahbari.
2017-yilgi parlament saylovlarida u Vena saylov okrugi boʻyicha oʻz nomzodini ilgari surdi va parlamentga kirdi. Hukumatni shakllantirishda Karl ANPning mudofaa sohasidagi muzokaralarida qatnashdi. Karl Nehammer ANP parlament fraksiyasi rahbari oʻrinbosari etib saylandi va spiker etib tayinlandi. 2018-yil yanvar oyida Elizabet Kestinger va Stefan Shtayner oʻrniga Avstriya Xalq partiyasi bosh kotibi boʻlgan. 2018-yil sentabrida Efg‘ani Dönmezning oʻrniga integratsiya va migratsiya boʻyicha vakil boʻldi. 2019-yilgi parlament saylovlarida u okruglar roʻyxatida 5-oʻrin va ANP federal roʻyxatida 11-oʻrin uchun nomzodini qoʻygan. Koalitsiya muzokaralarida u Yevropa migratsiya, integratsiya va xavfsizlik mavzularidagi munozaralarida qatnashadi. 2020-yil 7-yanvardan 2021-yil 6-dekabrgacha Avstriya Ichki ishlar vaziri boʻlgan. Sebastyan Kurz siyosatdan ketishi va kansler Alexandr Schallenberg isteʼfoga chiqishini eʼlon qilganidan soʻng, Avstriya Xalq partiyasi Prezidiumi Karl Nehammerni partiya raisi etib tayinladi va uni Avstriya federal kansleri lavozimiga nomzod qilib koʻrsatdi. Uning ANP rahbari etib tayinlanishi partiya qurultoyi tomonidan tasdiqlanishi kerak edi. 2021-yil 6-dekabrda prezident Aleksandr Van der Bellen Nehammerda kanslerlik qasamyodini qabul qildi.
Oilasi U sobiq ichki ishlar vaziri Volfgang Sobotkaning matbuot kotibi Katharina Nehammerga uylangan. Er-xotinning ikki farzandi bor. Er-xotin 2020-yil boshida Katarina Mudofaa vazirligi matbuot kotibi etib tayinlanganidan keyin, tanqidga uchradilar. Herbert Kickl hukumatni ichki va mudofaa siyosatini „bir oila qoʻliga topshirishda“ aybladi. U 2020-yil iyul oyida aloqalar boʻyicha xususiy sektorda ishlay boshladi. Nehammerning qaynotasi ORFning sobiq boshlovchisi Peter Nidetzky hisoblanadi.
Manbalar
Havolalar
Karl Nehammer Avstriya parlamenti veb-saytidagi Arxivnaya kopiya Turkum:Avstriya Kanslerlari Turkum:Lavozimlar