Abdurauf Qorjovov (1956-yil 21-sentyabr, Payariq tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2024-yil 7-may, Toshkent, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, uzoq yillar mobaynida MTRKning „Axborot“ dasturida faoliyat olib borgan. 2020-yildan esa „Yangi Oʻzbekiston“ gazetasida ishlab kelgan. „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist“ (1994-yil) unvoniga hamda „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni sohibi.
Biografiyasi Abdurauf Qorjovov 1956-yil 21-sentyabr kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida tavallud topgan. 1981-yil Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Faoliyati 1992—2019-yillar mobaynida Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida muxbir, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir, direktor oʻrinbosari, „Oʻzbekiston 24“ teleradiokanali bosh muharriri kabi turli lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2020-yildan boshlab „Oʻzbekiston ovozi“ („Sovet Oʻzbekistoni“) gazetasida musahhih, keyinroq muxbirlikdan boshlagan. 1994-yilda „Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan jurnalist“ unvoniga hamda „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni taqdirlangan.
Vafoti Abdurauf Qorjovov 2024-yil 7-may kuni 68 yoshida vafot etgan.
Mukofotlari „Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan jurnalist“ (1994-yil) „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni
Manbalar