Luna (haqiqiy ismi Kristina Viktorovna Gerasimova, turmushga chiqqandan keyin familiyasi Bardash; ; 1990-yil 28-avgust, Chemnitz, Dresden, Germaniya Demokratik Respublikasi) — ukrainalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, model va fotograf. 2018-yildan „Luna“ musiqiy loyihasining prodyuseri. Hayoti Bolaligi va yoshligi Kristina Gerasimova 1990-yil 28-avgustda Dresden okrugi Chemnitz shahrida harbiy oilada tugʻilgan. Kristinaning Alina Shufrich ismli singlisi bor. Kristina bolaligida musiqa maktabida vokal, solfejio va pianino boʻyicha oʻqigan, yoshligida esa universitetning jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Shaxsiy hayoti 2012-yildan 2018-yilgacha Luna eri Yuriy Bardash („Gribi“ ukrain rap guruhining prodyuseri va vokalchisi) bilan birga yashagan. Ularning Georgiy ismli oʻgʻli bor, Georgiy 2012-yilda oila Los-Anjelesda yashayotgan paytida tugʻilgan.
2021-yilda Luna oʻz guruhining gitarachisi Aleksandr Voloshchukga turmushga chiqadi.
Luna spirtli ichimliklarni isteʼmol qilmaydi, vegetarian boʻlib, sogʻlom turmush tarzini olib borishga harakat qiladi. Intervyularidan birida baʼzan chekishini aytb oʻtgan. Luna kuniga ikki soat meditatsiya qiladi va yoga bilan shugʻullanadi. Yakkaxon faoliyati 2016-yil 20-may kuni Kiyevda „Mag-ni-ti“ debyut albomining taqdimoti boʻlib oʻtdi, albom Ukrainada iTunesning top-20 taligiga kirgan. 23-may kuni elektron musiqa ijrochisi Shumnoning "Snowfall" albomi chiqadi, albomda Lunaning „Wake“ qoʻshigʻi ham joy olgan. Shundan soʻng kuzgi „Zatmeniye“ gastroli boʻlib oʻtib, gastrol davomida Luna Moskva, Yekaterinburg va Rigada konsert beradi.
2016-yil 28-oktyabrda qoʻshiqchi „Grustniy dens“ mini-albomini chiqaradi.
2017-yil 7-noyabrda „Ostrov svobodi“ albomi chiqadi, albomda qoʻshiqchining sakkizta qoʻshigʻi joy olgan. IKeyingi albomi „Zakoldovanniye sni“ deb nomlangan boʻlib, 2018-yil 24-oktyabrda chiqqan. Albomga 11 ta qoʻshiq kiritilgan. Albom prodyuserlari Kristina Gerasimova va Aleksandr Voloshchuk. Albom Ukrainaning iTunes chartida 1-oʻrinni va Rossiyaning iTunes chartida 2-oʻrinni egallagan.
2019-yil 4-oktyabrda xonanda oʻzining toʻrtinchi „Trans“ deb nomlangan albomini chiqardi, unda elektron musiqa uslubidagi 10 ta qoʻshiq joy olgan.
2020-yil 14-avgustda xonanda oʻzining beshta raqs trekida iborat Fata Morgana nomli ikkinchi mini-albomi chiqaradi.
2023-yil may oyida Luna "Illusion" nomli albomini chiqaradi, bu toʻliq ukrain tilida yozilgan qoʻshiqlarni oʻz ichiga olgan ilk albomidir.
Boshqa loyihalardagi faoliyati 2020—2021 yillarda Luna Aleksandr Voloshchuk bilan birgalikda Der Diktatur elektron loyihasini tashkil qiladi va uning doirasida faqat konsertlarda (relizlarsiz) chiqish qilishadi.
2021-yilda qoʻshiqchi oʻzining Luna Prod leybli uchun xonanadalarni yollashni boshladi. Undagi biirinchi ijrochi knyaz Volodimir taxallusi ostida ijro etgan Vladimir Prudkiy boʻlgan . Luna ommaviy axborot vositalari va reklamada Kristina Gerasimova haqida yozgan birinchi ommaviy nashrlardan biri Vogue va i-D jurnallari boʻlib, uni 2016-yilda Ukraina musiqiy inqilobining yulduzi deb atashadi. Bir necha yillar davomida Luna ommaviy axborot vositalarida va Internetda, yuzlab nashrlarda paydo boʻladi. Qoʻshiqchi Numéro, BLVD, Stolnik, SNC, Vegetarian kabi jurnallarning muqovalarida ham paydo boʻlgan. 2016-yilda Luna Ivan Dorndan intervyu oladi. Intervyu Interview jurnalining veb-saytida chop etiladi.
Lunaning hamkori va homiysi Apple Music xizmatidir (Apple bilan hamkorlik doirasida Kristina Gerasimova kompaniyaning yuzi boʻlgan, shuningdek, „Jukebox“ videoklipini toʻliq iPhoneda suratga olgan). Luna telekoʻrsatuvlardan chiqmaslik xohishiga qaramay, uni ikki marta Birinchi kanaldagi „Vecherniy Urgant“ koʻrsatuviga taklif qilishadi: 2017-yil 27-noyabrdagi epizodda qoʻshiqchi „Jukebox“ qoʻshigʻini va 2019-yil 4-oktyabrda „Sirenevy ray“ qoʻshigʻini jonli ijro etadi . 2017-yil 26-dekabrda Luna Mixail Kozirevning „Zdes i seyvhas“ telekoʻrsatuvining qahramoni boʻladi, unda Luna bilan intervyu beradi, boshlovchi yana qoʻshiqchi va uning „Ogonyok“ videoklipini yilning musiqiy kashfiyoti deb ataydi.
2018-yil noyabr oyida Luna Tatler jurnaliga intervyu beradi, unda Luna oʻzining „Luna“ musiqiy loyihasi haqida gapirgan. Shuningdek, intevyuda qoʻshiqchi familiyasini qizlik familiyasi Gerasimovaga oʻzgartirganini eʼlon qiladi.
2019-yil 14-fevralda The Flow portali „Pevitsa Luna uspeshna“ filmini taqdim etadi, unda intervyuga qoʻshimcha ravishda Lunaning konsert gastrolining videolavhalari taqdim etilgan. 2019-yil mart oyida Luna „Vidstoyuy Rivnist“ („Tenglikni himoya qil“) shiori bilan BYHMC (Babiu Yar holokost yodgorlik markazi) nodavlat notijorat fondining #DrawYourValues axborot kampaniyasida ishtirok etadi.
2019-yil 17-may Xalqaro gomofobiya, transfobiya va bofobiyaga qarshi kurash kunida Ukrainadagi LGBT hamjamiyatini qoʻllab-quvvatlash uchun „Boritesya — poborete!“ loyihasida ishtirok etadi. Manbalar
Turkum:Ukrainalik fotograflar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Ukrainalik modellar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:28-avgustda tugʻilganlar